SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Hadisi sharif ziyosining Temur tuzuklaridagi aksi
09.04.2026 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Hadisi sharif ziyosining Temur tuzuklaridagi aksi

Amir Temur nomi nafaqat buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida, balki oʻz davrida adolat, tartib-intizom va maʼnaviy qadriyatlarga tayangan boshqaruv tizimini shakllantirgan siymo sifatida ham tarixda alohida oʻrin egallaydi. Uning davlatni boshqarish tamoyillari mujassam boʻlgan Temur tuzuklari asari oʻz mazmun-mohiyati bilan nafaqat siyosiy-harbiy qoʻllanma, balki chuqur axloqiy va maʼnaviy qarashlarni ham oʻzida aks ettiradi.

Maʼlumki, islomning asosiy manbalaridan biri boʻlgan hadislar – Muhammad sollallohu alayhi vasallamning soʻzlari, amallari va taqrirlarini oʻz ichiga olib, musulmon jamiyatining axloqiy, huquqiy va ijtimoiy hayotida muhim oʻrin tutadi. Hadislar insonni adolat, halollik, rahm-shafqat, sabr-toqat va maslahat kabi oliy fazilatlarga undaydi.

Shu nuqtai nazardan qaralganda, “Temur tuzuklari”da bayon etilgan koʻplab tamoyillar hadislar mazmuni bilan mushtarak ekanini koʻrish mumkin. Xususan, davlat boshqaruvida adolatni ustuvor qoʻyish, raiyatga gʻamxoʻrlik qilish, ishlarni maslahat asosida yuritish, tartib-intizomni saqlash kabi qarashlar hadis taʼlimotining amaliy ifodasi sifatida namoyon boʻladi. Ushbu fikrlarni bir hadis misolida bayon qilamiz.

عن عبدالله بن عمرو رضي الله عنهما يبلِّغ به النبي صلى الله عليه وسلم: «الرَّاحمون يرحَمُهمُ الرحمنُ، ارحموا أهلَ الأرضِ يرحمْكم مَن في السماءِ»

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi, u kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan yetkazadilar: “Rahm qiluvchilarga Rahmon rahm qilur. Yer yuzidagilarga rahm qiling, shunda sizga osmondagi Zot rahm qilur”.

(Abu Dovud va Imom Ahmad rivoyati)

​Hadis sharhi:

​         “Rahm qiluvchilar” – yer yuzidagi barcha jonzotlarga: xoh inson boʻlsin, xoh hurmatga loyiq hayvon boʻlsin, barchasiga shafqat, ehson va koʻmak bilan rahm-shafqat koʻrsatuvchi kishilardir.

​         “Ularga Rahmon rahm qilur” – yaʼni, Alloh ularga Oʻz rahmatini koʻrsatadi, ularga yaxshilik va fazl-u karam qiladi. Zero, mukofot qilingan amalning jinsidan boʻladi.

​         “Yer yuzidagilarga rahm qiling” – bu yerda umumiy maʼnodagi buyruq kelgan boʻlib, u maxluqotning barcha turlarini oʻz ichiga oladi. Moʼminga ham, fojirga ham, yovvoyi hayvonlar-u qushlarga ham rahm-shafqat qilinadi.

Amir Temur oʻz tuzuklarida shunday deydi:

“Zaif va nochorlarga rahm qildim, kambagʻallarga muruvvat koʻrsatdim”.

Amir Temurning faoliyatini oʻrgangan tarixiy manbalar – xususan Sharafiddin Ali Yazdiyning Zafarnoma asari – uning boshqaruvida rahm-shafqat tamoyili muayyan tizim asosida qoʻllanganini koʻrsatadi.

Temur saltanatida zaif qatlam – kambagʻallar, yetimlar, bevalar davlat himoyasiga olingan.

Manbalarda keltirilishicha: Har bir viloyatda muhtojlarga yordam berish uchun maxsus nazoratchilar tayinlangan;

Davlat xazinasidan faqir va miskinlarga ulush ajratilgan;

Qurgʻoqchilik yoki ofat paytlarida aholiga moddiy yordam koʻrsatilgan;

Bu holat hadisdagi “rahm qilinglar” amrining ijtimoiy tizim darajasida qoʻllanganini koʻrsatadi.

Amir Temur soliq yigʻishda qattiqqoʻllikni emas, adolat va rahmni asos qilgan:

Hosili kam chiqqan yoki tabiiy ofatdan zarar koʻrgan hududlardan soliq kamaytirilgan yoki vaqtincha bekor qilingan;

Soliq yigʻuvchilarga aholiga bosim oʻtkazmaslik qatʼiy buyurilgan;

Zulm qilgan amaldorlar jazolangan;

Bu siyosat aholining iqtisodiy holatini hisobga olgan holda yuritilgan boʻlib, rahm-shafqatning amaliy koʻrinishidir.

Amir Temur rahm-shafqatni faqat bevosita yordam bilan cheklamagan, balki xalq yashash sharoitini yaxshilash orqali ham namoyon qilgan:

Sugʻorish inshootlari, kanallar va ariqlar qurdirgan;

Yoʻllar, koʻpriklar va karvonsaroylar barpo ettirgan;

Shaharlarni tiklash va obod qilishga katta eʼtibor bergan;

Bu ishlar orqali xalqning kundalik hayotini yengillashtirish maqsad qilingan.

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Amir Temur ayrim hollarda taslim boʻlgan shaharlarga nisbatan:

Aholiga omonlik bergan;

Ulamo va ilm ahlini himoya qilgan;

Hunarmandlarni asrab, ularni rivojlanish markazlariga joylashtirgan;

Bu esa rahm-shafqatning hatto harbiy siyosatda ham muayyan oʻrin egallaganini koʻrsatadi.

Temur boshqaruvida rahm-shafqat adolat bilan birga olib borilgan. Yaʼni:

Mazlumga rahm – zolimga esa jazo;

Xalqni himoya qilish – amaldorni nazorat qilish;

Tartibni saqlash – lekin zulm qilmaslik;

Bu muvozanat adolatli boshqaruvning muhim xususiyati hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning rahm-shafqatga oid tuzuklari va ularni amalda qoʻllashi hadisdagi koʻrsatmalar bilan bevosita uygʻunlikda namoyon boʻladi. Uning siyosatida rahm-shafqat shunchaki shaxsiy fazilat emas, balki davlat boshqaruvining muhim tamoyiliga aylangan.

Natijada, jamiyatda nafaqat tartib va kuch, balki insoniylik va mehr-oqibat ham qaror topgan boʻlib, bu esa hadis ziyosining amaliy hayotdagi yorqin aksidir.

Abbosxonov Muhriddin
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Oʻquv-uslubiy boʻlim uslubchisi

What you can read next

Убайдуллоҳ ибн Масъуд роҳматуллоҳи алайҳ
Убайдуллоҳ ибн Масъуд роҳматуллоҳи алайҳ
Қабристонда Қуръон ўқиш бидъатми?
Қабристонда Қуръон ўқиш бидъатми?
ДИНИЙ БАҒРИКЕНГЛИК – ТАРАҚҚИЁТНИНГ АСОСИЙ ОМИЛЛАРИДАН БИРИ
Диний бағрикенглик – тараққиётнинг асосий омилларидан бири

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP