Xabaringiz bor, “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti talabalari oʻrtasida “Navroʻz” bayrami munosabati bilan “Sport – hamjihatlik va barkamollik garovi” shiori ostida futbol musobaqasiga start berilgan edi. Mazkur musobaqa belgilangan tartibda yuqori saviyada tashkil etilib, barcha guruhlar faol va munosib ishtirok etdi.
Bellashuvlar davomida jamoalar oʻzaro kuch sinashib, maydonda haqiqiy sport ruhi, intizom va jamoaviylik namunalarini namoyon etdilar. Har bir uchrashuv murosasiz va qiziqarli tarzda oʻtib, ishtirokchilarning nafaqat jismoniy tayyorgarligi, balki strategik fikrlashi va hamkorlikda harakat qilish koʻnikmalarini ham sinovdan oʻtkazdi.


Natijalarga koʻra, final bosqichida 401-guruh va 403-guruh jamoalari oʻzaro toʻqnash keldi. Qizgʻin va murosasiz kechgan uchrashuvda 401-guruh jamoasi ustunlikni qoʻlga kiritib, munosib gʻalabaga erishdi. Yakunda 402-guruh jamoasi musobaqaning faxrli ikkinchi oʻrnini egallab, maqtov yorligʻi hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi. Faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan 401-guruh talabalari esa madrasa kubogi, maqtov yorligʻi va esdalik sovgʻalar bilan munosib ragʻbatlantirildi.




Musobaqa yakunida eng kuchli jamoalar saralab olinib, gʻolib va sovrindorlar tantanali tarzda eʼlon qilindi. Ular bilim yurti rahbariyati tomonidan munosib ragʻbatlantirildi. Shuningdek, oʻyinlar davomida oʻzining faolligi, mahorati va namunali ishtiroki bilan ajralib turgan talabalar ham alohida eʼtirof etildi.




Ushbu sport musobaqasi talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish hamda ular oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tarbiyachi-pedagog Abdulloh Abdusattoriy






