2026-yil 27-yanvar kuni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtining Nazarbek talabalar turar joyida ustoz Asadulloh domla Holmurodov ishtirokida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati muborak Shaʼbon oyining fazilatlari, uning maʼnaviy ahamiyati hamda ushbu oyda amalga oshiriladigan ezgu amallar haqida boʻlib oʻtdi. Ustoz tomonidan Shaʼbon oyining moʼmin-musulmon hayotidagi oʻrni, ushbu oyda qilinadigan ibodat va duolarning fazilati Qurʼon va hadislar asosida batafsil tushuntirib berildi.


Tadbirda talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi Abdulloh Abdusattoriy hamda TTJda istiqomat qiluvchi talabalar faol ishtirok etdilar. Davra suhbati samimiy va koʻtarinki ruhda oʻtib, talabalar ustoz bilan jonli muloqot qilish imkoniga ega boʻldilar.
Suhbat yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha va qoniqarli javoblar oldilar. Mazkur davra suhbati talabalarning diniy-maʼnaviy bilimlarini yanada boyitishga, muborak oylarni munosib kutib olishga tayyorgarlik koʻrishga katta turtki boʻldi.
Abdulloh Abdusattoriy
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti tarbiyachi pedagogi





