SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Islom – tinchlik va bagʻrikenglik dini
12.11.2025 / Bo‘limda Maqolalar

Islom – tinchlik va bagʻrikenglik dini

Tinchlik soʻzi arab tilida “salami”, “islom” maʼnolarini oʻz ichiga oladi. Sakkizta jannat boʻlsa, birining nomi “Darus-salam”,yana bir maʼnosi “amn”.Alloh taolo Qurʼoni karimda marhamat qiladi:

“Albatta taqvoli zotlar (u kunda) osoyishta joyda”, “Ular u joyda xotirjam boʻlgan hollarida har turli mevani chorlaydilar” (Duxon, 51 – 55).

Demak, tinchlik hukm surayotgan diyorni jannatga qiyos qilsa arziydi.

Hadisi sharifda: “Kishi ertalab uyqudan uygʻonib tursa, uning oilasi tinch, tani sogʻ, uyida yegulik ozuqasi barqaror boʻlsa, neʼmatlarning barchasiga muyassar boʻlibdi”, deb marhamat qilinadi. Bunga shukr qilish kerak. Ammo neʼmatlarning osoyishtaligi, barqarorligi, bardavomligiga rahna solishga urinayotgan, jamiyatning taraqqiyotiga toʻsiq boʻlayotgan, tinch aholiga buzgʻunchilik taʼsirini oʻtkazuvchi kuchlardan saqlanish ham shukronalikning asosiy tamoyilidir. Alloh taolo:

وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَى وَلَا تَعَاوَنُوا عَلَى الْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ

“Ezgulik va taqvo (yoʻli)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yoʻli)da hamkorlik qilmangiz! ”(Moida, 2) deb, dinning mazmun-mohiyatida faqat yaxshilik qilishga chaqirilganini taʼkidlamoqda.

Zero, Qurʼoni karimning bir necha oʻrinlarida odamlar ichida buzgʻunchilik, igʻvo, fitna, noshukurlik holatlarini keltiruvchi salbiy harakatlardan qaytarilgan.

Ayni paytda, buzgʻunchi gʻoyalarni tarqatuvchi toifalarga nisbatan murosasizlik har bir musulmonning shiori boʻlishi kerak.

Hozirda din nomidan gapirayotgan, unimaqsadlari uchun “bayroq” qilib olganlar turli obʼektlarga, tinch aholiga karshi kuch ishlatmoqdalar. Gunohsiz kishilar terrorning qurboniga aylanmoqda. Urushlar sababidan mehr-oqibat, insoniylik unutiladi, ezgu amallar, ulugʻ maqsadlar sarobga aylanadi. Yer yuzi tor va ziq koʻrinadi.

Alloh taolo bandalarini oʻzaro ittifoqlikda, ahillikda,tinchlik-omonlikda yashashga daʼvat etib:

وَإِنْ طَائِفَتَانِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ اقْتَتَلُوا فَأَصْلِحُوا بَيْنَهُمَا…

“Agar moʼminlardan ikki toifa oʻzaro urushib qolsalar, darholular oʻrtasini isloh etingiz! ”(Hujurot, 9) degan.

Unutmaslik kerakki, dunyoning barcha hududidagi terroristik harakatlar tufayli gunohsiz odamlar majruh boʻlgan, bevaqt hayotdan koʻz yumgan. Maʼlumotlarga qaraganda notinchlik va urush sababidan oxirgi besh ming yilda uch milliarddan ziyod odamning yostigʻi qurigan. Holbuki, insonlar hayotiga zomin boʻlish barcha dinlar qatori Islom dinida ham gunohi azim hisoblanadi.Bunday gunohlarni sodir qilayotganlarga Yaratganning jazosi holi-hayotda ham, oxiratda ham muqarrar.

Din manfaatlari yoʻlida harakat qilyapmiz, deb daʼvo qilayotgan ayrim odamlar oʻz dinlarining taʼlimotini toʻla tushunib yetmaydi. Dindan hech qanday dunyoviy maqsad uchun foydalanish mumkin emasligini anglamaydi. Uni hayotga notoʻgʻri tatbiq etadi. Oxir-oqibat ayanchli va sitamkor vaziyatlar yuzaga keladi.

Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, har qanday shakldagi zulm va zoʻravonlik Islom aqidasiga mutlaqo ziddir. Binobarin, ilohiy koʻrsatmalarga qarshi borib, begunoh odamlarning hayotdan koʻz yumishiga sabab boʻlayotgan shaxslar dunyo hayotida maqsadlarimizga erishdik deb oʻylashlari ayanchli ahvol va notoʻgʻri yoʻldir. Din-diyonatning oliy axloqiy amr-farmonlarini anglab yetganva zimmasiga olgan har bir shaxs insonparvarlik va ezgulikni doʻst tutishi tabiiy.

Chin musulmon dunyoni obod va koʻrkam etuvchi, uning gullab-yashnashi va farovonligi, osoyishtaligi borasida xolis xizmat qiluvchi kishidir.

Aslida, musulmonning maqsadi umuminsoniy manfaatlar yoʻlida ezgu niyat, mehr-muruvvat, samimiylik, sahovatpeshalik, bagʻrikenglikdek bilan xizmat qilishdir. Imonli kishilarning qalbida rahm-shafqat, mehribonlik, adolatparvarlik, sofdillik, kechirimlilik, kamtarlik, begʻarazlik, fidoiylik, sabr-toqat kabi ezgu tuygʻular mujassam boʻladi. Zero,Alloh taolo Qurʼoni karimda:

وَاعْبُدُوا اللَّهَ وَلَا تُشْرِكُوا بِهِ شَيْئًا وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا وَبِذِي الْقُرْبَى وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكِينِ وَالْجَارِ ذِي الْقُرْبَى وَالْجَارِ الْجُنُبِ

ُنُبِ وَالصَّاحِبِ بِالْجَنْبِ وَابْنِ السَّبِيلِ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ مَنْ كَانَ مُخْتَالًا فَخُورًا

«Allohga ibodat qilingiz va Unga hech narsani sherik qilmangiz! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz!Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qoʻshni-yu, begona qoʻshni, yoningizdagi hamrohingiz, yoʻlovchi (musofir) va qoʻl ostingizgizdagi (qaram)larga ham yaxshilik qilingiz! Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kimsalarni sevmaydi «, (Niso, 36) degan.

Aynan shu oyatlar mazmunidan Alloh taolo dunyoda ezgulikni doʻst tutishini anglaymiz.Insonparvar, eʼtiqodli odam jamiyatga nisbatan koʻngli ochiq, muomala madaniyati moʼtadil, xayrli ishlari ziyoda, ezgu amallarga chanqoq boʻladi .

Islom – tinchlik, ezgulik dini, “islom” soʻzining oʻzagi ham “tinchlik-osoyishtalik” maʼnolarini anglatadi.Shuning oʻziyoq muqaddas dinimiz har qanday urush-ziddiyatlarga qarshi ekanini koʻrsatadi. Oʻzlarining qabih qilmishlarini din bilan niqoblayotgan kuchlarning xatti-harakatlari esa asl diniy qadriyatlarga mutlaqo ziddir. Shunga qaramay, turli buzgʻunchi oqimlar muqaddas Qurʼoni karim va muborak hadislarni oʻz egri yoʻllariga moslab talqin qilishdek qabih ishlarga qoʻl urayotganiga shunchaki qarab boʻlmaydi.” – dedilar.

Qoʻporuvchi va jangari toʻdalaraslida tinchlik dini boʻlgan Islomnomini sotib, oʻz yovuzliklarini amalga oshirmoqdalar. Tinchlik — Ollohning buyuk neʼmati, hammamiz uchun ham hayotimiz asosi, barcha orzu-umidlarimiz manbaidir. Lekin, «tinchlik boʻlsin» degan mazmundagi soʻzlarni qayta-qayta tilga olar ekanmiz, koʻpincha uning maʼno-mazmuni nechogʻli teranligi haqida oʻylab koʻrmaymiz. Maʼno-mazmuni anglanmagan soʻzning taʼsiri ham, qadri ham boʻlmaydi. Ayniqsa, xalqaro terrorizm degan mudhish xavf-xatar ostonamiz oldida turgan hozirgi paytda faqatgina shunday tilaklar bilan cheklanib boʻladimi?Bunday ezgu daʼvatlar zamirida aniq maʼno, amaliy harakat boʻlishi kerak. Axir, tinchlik-osoyishtalikni quruq vaʼzxonlik bilan saqlashmumkinmi?

Aholi oʻrtasida terrorizm va diniy ekstremizm gʻoyalari tarqalishining oldini olish hamda uning salbiy oqibatlari, giyohvandlik, odam savdosiga qarshi kurashish dolzabvazifaligicha turibdi. Hozirda tinch hayotimizga xavf solib turgan asr vabosi boʻlgan terrorizm va diniy ekstremizm oqimiga mansub boʻlgan shaxslartinchligimizni buzishga urinayotgani ayni haqiqatdir.

Afsuski, hozirgi kunda ayrim gʻoʻr yoshlar oʻz yurtini tashlab turli jangari guruhlar safiga borib qoʻshilayotgani ham sir emas. Ularning xunrezliklari oqibatida yosh-u qari birdek qurbon boʻlmoqda. Hozirgi kunda Iroq va Suriyaning kattagina hududini bosib olgan ISHID nafaqat yon-atrofdagi mamlakatlarga, balki butun dunyoga xavf solmoqda. Ularning asl maqsadlari islom dini eʼtiqodchilarini kofirga chiqarish orqali yoʻq qilish, oʻzlari yashaydigan yerdan boshqa joyni kufr deb hijratga chorlash, qabih niyatlarda “jihod” qilishga undash boʻlib, bu munosabatlarda uchinchi tomon borligi ham aniq. Qachondir bu mamlakatlarda ham tinchlik qaror topar, biroq, urush oqibatida hayotdan koʻz yumgan minglab odamlar hayotini, ota-onasidan erta judo boʻlgan bolalar iztiroblarini, farzandlaridan ayrilgan ota-onalar faryodlariga hech qanday malham yoʻq. Tan jarohati bitsa-da, qalb jarohati bitmaydi.

Bugungi kunda nafaqat sof aqidali musulmonlar, balki dunyodagi ilm markazlari, olimlar va ziyolilar islom – tinchlik dini ekanligini eʼtirof etishmoqda. Gʻarb olamida mashxur boʻlgan Garvard universiteti xodimlari ana shunday xayrli ishlardan biriga qoʻl urishdi. Maʼlum qilnishicha, mazkur universitet islom din haqida internet orqali butun dunyoga maʼlumot berish loyihasini amalga oshiradi. Bepul amalga oshirish rejalashtirilgan ushbu loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad Islom va musulmonlar haqida haqiqiy, toʻgʻri va asl maʼlumotlarni yetkazish hamda islom tinchlik dini ekanini taʼkidlashdan iboratdir.

Yuqorida oʻrganilganlardan islom dini hech qachon yovuzlikka chorlamasligini, balki, bu din faqatgina yaxshilik, ezgulik, tinchlik va barqarorlikka chaqirishini angalshimiz mumkin. Islom dini – tinchlik va bagʻrikenglik dinidir. Buni har birimiz angalab yetishimiz, islomofobiyaning kelib chiqishi va uni hozirgi kunda jadallashib borishiga sabab boʻlayotgan oqimlarga aldanmasligimiz, ularning puch gʻoyalarining notoʻgʻri ekanini anglab yetishimiz lozim va lobuddir.

Manbalar asosida 4-kurs talabasi Hoshimxonov Roshid tayyorladi

What you can read next

Zahar
Saxiy
Мустақиллик – қадри улуғ неъмат
Мустақиллик – қадри улуғ неъмат
Abu Hayyon Andalusiyning “al-Bahrul-muhit” asarida grammatik mavzular yoritilishi
Abu Hayyon Andalusiyning “al-Bahrul-muhit” asarida grammatik mavzular yoritilishi

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP