Bugun, Toshkent shahar boshimom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islombilim yurtiga tashrif buyurdilar. Tashrif chogʻida bilim yurtining faoliyati,taʼlim-tarbiya jarayonlari va oʻquv xonalari bilan tanishdi, shuningdek, ustozlar va talabalar bilan muloqotda boʻldi. Tadbirni bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Mamurjon domla Erkayev ochib berib, tadbirga yigʻilgan talabalarga tashrif buyurgan mehmonni tanishtirdi va bu tashrifning ahamiyati haqida qisqacha soʻz yuritdi. Soʻngra domla Abduqahhor domla Yunusovga soʻz navbati berildi. Abduqahhor domla Yunusov oʻz nutqini yoshlarga samimiy duolar va ezgu tilaklar bilan boshladilar. Maruzada bugungi kunda ilm olishning naqadar muhimligi, ayniqsa islomiy bilimlarni egallashda ixlos va sabr-bardosh zarurligi alohida taʼkidlandi.



Domla oʻz maruzalari daquyidagilarga toʻxtalib oʻtdi:
Ilmning fazilati: “Kimki ilm yoʻlida yuribdi, u jannat sari yoʻl yuribdi” degan hadisisharif asosida, ilm olishni eng ulugʻ ibodatlardan biri sifatida tushuntirdilar.
Zamonaviy dunyoda islomiybilimlarning oʻrni: Bugungi globallashuv davrida yurtimizning maʼnaviy mustahkamligi, yoshlarning sogʻlom dunyoqarashi va diniybilim bilan qurollangan boʻlishi zarur ekanligi haqida soʻz yuritdilar.
Yoshlarning maʼsuliyati: Har bir talaba nafaqat oʻzining, balki butun jamiyatning kelajagi uchun javobgar ekani, ular ertangi kunning imom-xatiblari, muftiylari, domlalari boʻlishi mumkinligi, shuning uchun hozirdanoq masʼuliyat bilan harakat qilishlari zarurligini uqtirdilar.



Vatanga muhabbat: Ilm olishning yakuniy maqsadi yurt ravnaqi va xalq farovonligiga xizmatqilish ekani qayd etildi. Yoshlarni Vatanga sadoqatli, halol, eʼtiqodli va fidoyi insonlar boʻlib ulgʻayishlariga chaqirdilar. Shuningdek, domla oʻz hayotiy tajribalari, ilm yoʻlidagi bosib oʻtgan mashaqqatlari, ustozlaridan olgansaboqlari haqida ham samimiy tarzda soʻzlab, talabalarga chuqur motivatsiya bagʻishladilar.Tadbir soʻngida Abduqahhor domla Yunusov muqaddam “Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlanganliklari eʼtirof etildi. Shu munosabat bilan “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtining jamoasi nomidan domlaga tabriknoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.



Mazkur tashrif va maʼrifiy suhbat talabalar va ustozlar uchun katta ruhiy-maʼnaviy ragʻbat boʻldi. Ulardomlaning ibratli nasihatlaridan chuqur taassurot oldilar va kelgusida yanada intilish bilan ilm olishga chorlandilar.
SaidAzimxon Saidakramov
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchisi






