SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Bilim yurtida “Yagona olimpiada” tanlovining saralash bosqichi oʻtkazildi
21.01.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

Bilim yurtida “Yagona olimpiada” tanlovining saralash bosqichi oʻtkazildi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan har yili oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalari oʻrtasida “Yagona olimpiada” tanlovi oʻtkazilib, munosib nomzod  oʻzi xohlagan oliy diniy taʼlim muassasasiga grand asosida oʻqishga qabul qilinmoqda. Ushbu anʼanaga asosan joriy yilning 20 yanvar kuni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida mazkur tanlovning birinchi bosqichi oʻtkazildi.

Bitiruvchi kurs talabalaridan maxsus shartlar asosida tanlab olingan nomzodlar Arab tili, fiqh, aqoid hamda Oʻzbekiston tarixi fanlaridan test shaklida sinovdan oʻtdilar. Tanlov natijalariga koʻra Abdusalimov Mirjalol birinchi oʻrinni, Yusufaliyev Ziyouddin ikkinchi oʻrinni va Usmonjonov Jaloliddin uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

Bilim yurtida “Yagona olimpiada” tanlovining saralash bosqichi oʻtkazildi (1)
Bilim yurtida “Yagona olimpiada” tanlovining saralash bosqichi oʻtkazildi (2)
Bilim yurtida “Yagona olimpiada” tanlovining saralash bosqichi oʻtkazildi (3)

Ularga bilim yurti tomonidan esdalik sovgʻalari berildi hamda gʻolib talaba tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Goʻlib boʻlgan talabamizga respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallashda Alloh taolodan tavfiq soʻraymiz!

Bilim yurtida “Yagona olimpiada” tanlovining saralash bosqichi oʻtkazildi (4)
Bilim yurtida “Yagona olimpiada” tanlovining saralash bosqichi oʻtkazildi (5)
Bilim yurtida “Yagona olimpiada” tanlovining saralash bosqichi oʻtkazildi (6)
Bilim yurtida “Yagona olimpiada” tanlovining saralash bosqichi oʻtkazildi (7)
Bilim yurtida “Yagona olimpiada” tanlovining saralash bosqichi oʻtkazildi (8)
Bilim yurtida “Yagona olimpiada” tanlovining saralash bosqichi oʻtkazildi (9)

      “Yagona olimpiada” tanlovida Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti talabalari namunali holda ishtirok etib kelishmoqda. Xususan 2005, 2011, 2012 va 2015-yillarda oʻtkazilgan mazkur tanlovda bilim yurti nomidan ishtirok etgan talabalar muvaffaqiyatli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, Toshkent islom institutiga grant asosida oʻqishga qabul qilinganlar. Shuningdek, 2016-2017-yillar, 2019-yil hamda 2022-yilgi oʻtkazilgan tanlovlarda 2-oʻrin va 2024-yilgi tanlovda 3-oʻrinni egallangan.

№YILLARTALABAOʻRIN
 12024Abdujaliliy Komiljon3-oʻrin
 22022Sodiqov Bobur2-oʻrin
 32019Uzoqov Abdulvosid2-oʻrin
 42017Moʼminov Siyovush2-oʻrin
 52016Gʻafforov Umarali2-oʻrin
 62015Rasulxoʻjayev Sardorxoʻja1-oʻrin
 72012Abdukarimov Ahror1-oʻrin
 82011Boqiyev komilxon1-oʻrin
 92005Erkayev Maʼmur1-oʻrin

«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati

What you can read next

Ustozlar kuni munosabati bilan Koʻkaldosh madrasasi direktori taqdirlandi
Ustozlar kuni munosabati bilan Koʻkaldosh madrasasi direktori taqdirlandi
Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг покизаликлари ва муаттар ҳидлари (Шамоилул Мустафо)
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг қорилари
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 16-оят

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP