Tinchlik — bu jamiyatda yoki shaxsning ichki dunyosida zoʻravonlik, ixtilof yoki tushunmovchilikning yoʻqligi, barqarorlik va osoyishtalik holati. Tinchlik, shuningdek, odamlar oʻrtasidagi hamjihatlik, oʻzaro hurmat va toʻlaroq muloqot orqali muvozanatni saqlashdir. U nafaqat tashqi xavfsizlikni, balki ichki tinchlik va ruhiy osoyishtalikni ham ifodalaydi. Tinchlikning mohiyati, odamlarning oʻzaro doʻstona, adolatli va xotirjam hayot kechirishiga imkon yaratishdan iborat boʻlib, bularning hammasi islomda mavjud.
Islomga majbur qilishlik yoʻq. Alloh taolo baqara surasining 256-oyatida marhamat qiladi: «Dinga majbur qilish yoʻq. Darhaqiqat haq botildan ajaradi». Insonga majburiy eʼtiqod qabul qildirmaslikni amr qiladi. Insoniyatni eʼtiqodini hurmat qilishlik islomning asosiy tamoyillaridan biridir.
Birdam va ahil inoqlik targʻib qilish islom shiorlaridandir bunga paygʻambarimiz hayotlaridan misol: Ibrohim alayhissalom qurgan Kaʼbani Quraysh qabilasi taʼmirlashlikni qasd qildilar, qachonki binoga, Odam alayhissalom bilan birga jannatdan tushirilgan, Hajar ul-asvadni yaʼni qora toshni qoʻyishlikda nizo kelib chiqib, hattoki bir-birlarini oʻldirishliklariga bir bahya qoldi. Abu Umayya ibn Mugʻiyra: tortishmanglar ichingizdan uning hukmiga rozi boʻladiganingizni tayinlang, degan soʻzini, qabul qililishdi hamda ushbu eshikdan kirgan birinchi inson qoʻyishligiga, kelishib olishdi. Paygʻambarimiz alayhissalom eshikdan kirib keldilar va ridolarini yechib yerga qoʻydilar, soʻngra har qabiladan sardoralini chaqirib toshni birgalikda oʻz oʻrniga qoʻydilar. Tortishuv tinchlik bilan, qon toʻkilishsiz yakun topdi.
Rosululloh sallallohu alayhi vasallam: Komillik xislatlarinini mukammal qilmoqlik uchun yuborildim dedilar. Abu Hurayra rivoyat qilgan. Osoyishtalikni taʼminlash shubhasiz komillikdandir. Agarda nabiy rahmat va goʻzal xulqlar bilan yuborilgan boʻlsa buning natijasi shubhasiz, faqatgina tinchlik boʻladi. Honiʼ ibn Honiʼ rivoyat qiladi: Aliy ibn Abu tolib farzandli boʻladilar va unga Harb (maʼnosi urush ) deb ism qoʻydilar. Paygʻambarimiz kelib farzandimni koʻrsatingchi, unga nima ism qoʻydingiz deb, soʻradilar. U kishi esa Harb deganlarida, yoʻq balki Hasandir (ezgu va yaxshi fazilatli) dedilar. Qolgan farzandlarida ham bu ish boʻlgani, zikr qilinadi. Ushbu hadisda, shunday ism qoʻyishlikdan qaytarishlik hamda bunday soʻzlarni ishlatmaslikka dalolatni koʻrishimiz mumkin.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam futuhotlarda quyidagicha vasiyat qilganlar: Ayollar, yosh bolalar va keksalarni oʻldirmaslikka, boshqa din vakillarining ibodatxonalarini buzmaslik, daraxtlarni kesmaslik hamda binolarni vayron qilmaslikka vasiyat qilganlar. Va yana bir misol, Makka fath qilingan choʻgʻda paygʻambarimizga suiqasdlar uyishtirgan, zulm qilib oʻz ona yurtlaridan boshqa joyga chiqib ketishlik majbur qilgan Quraysh jamoasiga qarata bilasizmi, sizlarni nima qilaman deganlarida, Oliyjanob birodarimiz, Fazilatli birodarimiznig farzandisan deyishdi. U kishi esa ketaveringlar darhaqiqat ozod sizlar dedilar. Bularning baridan tolerantlik yaʼni bagʻri kenglikka buyurganlarini tushunishmiz lozimdir.
Abu Bakrni xalifa qilib, saylashgan vaqtlarida: Eng yaxshi aql bu taqvoli aql, eng yomon ojizlik
esa buzuqlikdir, dedilar. Buzuqlik odatda oʻz haddinini unutgan boylar va johil faqirlardan kelib chiqadi. Ushbu toifalardan boʻlib qolishimizdan Haq taoloning oʻzi asrasin.
Birlashgan millatlar tashkilotining 73- sessiyasida 2018- yil hamda undan keyingi yillarda, Islomga oid masalalar va musulmonlarning huquqlari, diniy erkinliklar, hamda global tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash masalalarini koʻtarib kelingan. Islomga nisbatan noqonuniy harakatlarni, BMT Aksil terrorizm komissiyasi tomonidan ham qoralanadi.
Islom – ezgulik va tinchlik dini ekanligini va uni keng yoyish uchun Oʻzbekiston hukumati tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, ulardan biri joriy yilning 15-16 oktabr kunlarida, Toshkent hamda Xiva shaharlarida nufuzli xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda yigirmadan ortiq davlatdan, yetmishdan ziyod taniqli ulomalar qatnashishdi va yakunda esa yetti tamoildan iborat Xiva deklaratsiyasi qabul qilingani bu quvonarli holdir.
Usmonov Yunusxon, «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi






