“Ahillikda ish bitar, ish bitsa ham, qish bitar” (Oʻzbek xalq maqoli).
Dunyo izchil suratlar bilan rivojlanayotgan va globallashuv jarayonini boshdan kechirayotgan bir davrda diniy bagʻrikenglik, dinlararo totuvlik, oʻzaro hamkorlik masalasi mamlakatlarning tinchligi va taraqqiyoti uchun eng muhim tamoyillardan biri boʻlib hizmat qiluvchidir. Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, qadim-qadimdan Yurtimizda turli madaniyat, til, urf-odatlar, oʻz turmush tarziga ega boʻlgan turli dinlarga eʼtiqod qiluvchi va bir-biriga oʻxshash boʻlmagan turli xalqlar, millatlar yashab kelayotgan zamindir desam mubolagʻa boʻlmaydi. Dinlararo bagʻrikenglik gʻoyasi xilma-xil diniy eʼtiqodga ega boʻlgan kishilarning bir zamin, bir vatan, olijanob gʻoya va niyatlar yoʻlida hamkor va hamjihat boʻlib yashashini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik gʻoyalariga asoslanadi, u halollik, tinchlik, yaxshilik va doʻstlik kabi bir qancha ezgu fazilatlarga tayanadi. Insonlarni halollik va poklik, mehr-oqibat, insonparvarlik va bagʻrikenglikka daʼvat etadi. Yurtimizda qadimdan turli eʼtiqodga mansub millat va elatlar istiqomat qilib kelgan. 130 dan ziyod millat farzandlarining hur va ozod diyorda, tinchlik va osoyishtalik kayfiyatida yashashlari vatanimizning bagʻrikenglik oʻlkasi ekanining yorqin namunasidir. Ularning oʻzaro hamjihatlik, ahil-inoqlikda bir-birlarining eʼtiqodlarini hurmat ehtirom ruhida yashab kelishining oʻzi Yaratganning xalqimizga bergan ulkan neʼmatidir.
Konstitutsiyamizning 18-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar”, deb koʻrsatilgan. Bu Asosiy qonunda shunchaki belgilanmasdan, amalda ham namoyon boʻlmoqda. Buni nafaqat jamiyatning har bir fuqarosi his qilmoqda, ayni paytda jahon hamjamiyati eʼtirof etmoqda, mazkur masaladagi tajribasidan namuna olmoqda. Bu bejiz emas. Chunki mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikning asosiy omillaridan biri murosa tamoyili boʻlgan diniy bagʻrikenglikdir.
Lekin yuqorida aytib oʻtilganidek globallashuv va jahondagi rivojlanish oʻzi bilan turli hil muam molar keltirib chiqarayotgani ham hech kimga sir emas albatta Bunga asos qilib turli hildagi notoʻgʻri axborotlarni xalq orasiga yot tomon orqali sizdirilishi bu bagrikenlik va tinchlikga rahna solmay qolmaydi albatta bunga yaqqol misol qilib ijtimoiy tarmoqlar va internet orqali kirib kelayotgan notoʻgʻri eʼtiqodlar va axborotlarni keltirish mumkin Bu kabi sabablar va boshqa salbiy omillar natijasi oʻlaroq biz yanada sezgir va eʼtiborli boʻlishimiz kerak .Lekin shuni ham aytib oʻtish joizki bugungi kunimizda sodir boʻlayotgan turli tafovutlardan qatʼiy nazar turli din vakillari, yurtimizda teng huquqli ekanlinlari shiori oldinga surilmoqda.Bu kabi samarali ishlar natijasida biz bagʻrikenglik va fuqorolarimiz farvon hayotini taminlash yoʻlida mustahkam qoʻrgʻon yarata oldik.
Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, islom dini – birinchilardan boʻlib turli dinlarga eʼtiqod qiluvchilarni bir jamiyatda diniybagʻrikenglik, dinlararo oʻzaro hamkorlik tamoyillari asosida, tinch-totuv va emin-erkin, teng huquqli tarzda hayot kechirishlari mumkinligi gʻoyasini ilgari surdi va uni hayotga tadbiq etib, insonlarni unga targʻib etdi.
Muqaddas dinimizning moʼtabar manbasi boʻlgan Qurʼoni Karimda barcha samoviy dinlar bir oʻzakdan ekani 15 asr oldin eʼlon qilgan. Jumladan:
Yaʼni: “Sizlar uchun dindan Nuhga buyurgan narsani va Biz sizga (Muhammadga) vahiy qilgan narsani, (shuningdek) Biz Ibrohim, Muso va Isoga buyurgan narsani shariat qilib: “Dinni barpo qilingiz va unda tafriqaga tushmanglar!”, – dedik. Mazkur oyati karimaga nazar tashlaydigan boʻlsak, Nuh, Ibrohim, Muso va Iso (a.s.)larga din yuborgani kabi Paygʻambarlar sayyidi, koʻzimizni nuri, qalbimizni sururi boʻlgan zot Muhammad (s.a.v.)ga ham haq din yuborgan. Yuborgan barcha paygʻambarlar Alloh taoloning elchilari, tanlab olgan bandalari ekanligiga ishora boʻlmoqda. Mufassir olimlar Alloh taolo tomonidan yuborilgan paygʻambarlarga bir xil farmon qilganligini aytib oʻtganlar. U farmon: “Dinni barpo qilinglar, unda tafriqaga tushmanglar”, -degan buyruqdan iborat boʻlgan.
Mana shu maʼnodagi oyatlar dunyo dinlari tarixini mukamal oʻrganish, oʻzaro hamkorlik qilish, bagʻrikenglik tamoyillariga asoslanib faoliyat olib borishga zamin yaratdi. Musulmonlarda boshqa din vakillariga nisbatan toqatsizlik va gʻaraz, adovat, nafrat emas, hurmat va bagʻrikenglik, oʻzaro hamkorlik, inoqlik va boshqa ezgu amallar qaror topdi.
Mantiqan olib qaraganda, turli din vakillarining bir jamiyat, bir hudud, bir muassasa, hatto bir oila aʼzolari boʻlib jamlanishlari tabiiy holdir. Agar ilohiy koʻrsatmalarni inobatga olmasdan hamda dinning mohiyatini toʻgʻri tushunmasdan bu borada turli tafriqachilikka yoʻl qoʻyilsa, jamiyat fuqarolari orasida, shuningdek, bir oilada yashayotgan qondosh-qarindoshlar oʻrtasida ham parokandalik yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas. Shu sababli bu sababni keltirib chiqaradigan omillardan yiroq boʻlishimiz kerak.
Darhaqiqat , Hayot bir joyda toʻxtab qolgani yoʻq dunyo rivojlanmoqda davlatlar taraqqiy qilib kechagi kichik davlatlar bugun jahon sahnasida yuqorilab borayotgani hech kimga sir emas oʻzi oʻrnida savol tugʻuladi Bunga ular Nima sababdan erishmoqda Nima ularni bu qadar rivojlanishiga turtki boʻlmoqda Albatta tinchlik va osoyishtalik sababli chunki tinchlik boʻlmasa u yurtda na huzur na halovat boʻladi ertangi kunga shubha nazari bilan boqadi .Shu sababli biz ham bu ishlardan yaxshi xulosa chiqarishimiz yurtimizdagi bagʻrikenglik tinchlikni qadrlab yanada uni mustahkamlashga harakat qilishimiz kerak .Ana shunda yurtimiz yanada taraqqiy etadi va xalqimiz farovonligi taʼminlanadi.
U.Mamadjonov, «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi






