SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Islom dinida bagʻrikenglik
12.11.2024 / Bo‘limda Maqolalar

Islom dinida bagʻrikenglik

Islom dini – bu insonni ezgulikka, adolatga va bagʻrikenglikka undaydigan taʼlimotga ega. Bu dinning asosiy tamoyillari odamlar orasidagi tinchlik va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. Qurʼon oyatlari va Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v)ning hadislarida ham bagʻrikenglik va oʻzaro hurmat haqida koʻplab misollar keltirilgan. Ayniqsa, odamlar orasida millat va dinlardan qatʼi nazar, tinch-totuv yashashni oʻrgatuvchi tamoyillar Islomning muhim qismi hisoblanadi.

Avvalo, bagʻrikenglik soʻzining lugʻaviy va istilohiy maʼnolariga toʻxtalib oʻtsak. Bagʻrikenglikning lugʻaviy maʼnosi oʻzganing sizga unchalik yoqmaydigan jihatiga sabr va toqat qilishdir.

“Bagʻrikenglik” (“tolerantlik”) soʻzi deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini toʻldiruvchi mazmunga ega. Ularni umumlashtirib “bagʻrikenglik” chidamlilik, bardoshlilik, toqatlilik, oʻzgacha qarashlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, muruvvatlilik, himmatlilik, kechirimlilik, mehribonlik, hamdardlik kabi maʼnolarga ega deyish mumkin.

Qurʼoni Karim oyatlarida ham, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida ham, boshqa din va eʼtiqod vakillariga bagʻrikeng boʻlish haqida koʻplab koʻrsatmalar mavjud. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oʻzlari bu borada ularning haqlariga rioya qilishning oliy namunasini koʻrsatib, ummatni ham ana shu yoʻldan borishga daʼvat qilganlar. Aksincha qaysi bir inson oralarida oʻzaro tinchlik shartnomasi boʻlgan kishini joniga qasd qilsa, uning oqibati yomon boʻlishidan ogohlantirganlar. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib dedilar: “Kim ahdlashilgan boshqa din vakilini oʻldirsa, jannat hidini ham hidlamaydi. Vaholanki, jannatning hidi qirq yillik masofadan kelib turadi”.

Alloh taolo Qurʼoni Karimda shunday marhamat qiladi: “Afvni (qabul qilib) oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz oʻgiring!”.

Ulamolarimiz “afv” soʻzini “bagʻrikenglik bilan oʻzgalarning uzrini qabul qilish, ogʻirlikni oʻziga olib, boshqalarga yengillik baxsh etish” deya izohlagan ekanlar.

Yana bir misol, Paygʻambar alayhissalomning huzurlariga bir guruh ansoriylar kelib, “Ey Allohning Rasuli! Saqif qabilasi hidoyatga kirmayapti, ularni duo qiling” deyishganida u zot alayhissalom “Allohim, Saqifni hidoyat qil”, dedilar. Ansoriylar yana “Ey Allohning Rasuli! Ularni duo qiling” deyishdi. Biroq Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana “Allohim! Saqifni hidoyat qilgin” dedilar. Uchinchi marotaba soʻrashganda ham shu duoni qildilar. Mana, bagʻrikenglikning yorqin namunasi. Paygʻambarimiz alayhissalomning bu muborak duolari ijobat boʻlib, ana shu Saqif qavmidan keyinchalik buyuk zotlar, ulugʻ ulamolar yetishib chiqdi.

Yuqoridagilarga qoʻshimcha oʻlaroq, u zot Madinaga hijrat qilganlarida davlat ishlaridagi birinchi ishlari oʻsha yerlik yahudiylar bilan ularning aqidalarini hurmat qilishga asoslangan ahdnoma tuzish boʻldi. Janob Rasululloh ahli kitobdan boʻlgan qoʻshnilari bilan yaxshi munosabatda boʻlar, hadya berib, ulardan ham qabul qilardilar. Madinaga Habashiston nasroniylarining vakillari kelganida, ularni masjidga tushirib ziyofat berdilar va xizmatlarini qildilar. Hattoki Najron nasroniylari kelganida, ularga masjidning bir tomonida ibodat qilishga ijozat berdilar. Rasululloh oʻzlari namuna boʻlgan holda butun ummatni insonlar oʻrtasidagi munosabatda halimlikka, bagʻrikenglikka chaqirdi.

Demak, musulmon odam oʻzi yashayotgan jamiyatda har qanday inson bilan qoʻni-qoʻshni boʻlib yashashi, savdo-sotiq, oldi-berdi qilishi, ular bilan bordi-keldi qilishi mumkin ekan, doʻstona qoʻshnichilik munosabatlarini yoʻlga qoʻyishi joiz ekan.

M.Muhammadov, “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti 4-kurs talabasi

What you can read next

Bir ogʻiz soʻz, oʻn karra rahmat. Salavotning maʼnosi, fazilati va aytish odoblari
“Ёшларнинг таълим-тарбияси - ҳаётий долзарб вазифа”
“Ёшларнинг таълим-тарбияси – ҳаётий долзарб вазифа”
Расулуллоҳ солаллоҳу алайҳи васаллам нега азон айтмаганлар?
Расулуллоҳ солаллоҳу алайҳи васаллам нега азон айтмаганлар?

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP