Bugun 2024-yil 12-fevral sanasida Toshkent shahar Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi binosida “Xavfsiz va tinchliksevar davlat tamoili istiqboli” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Ushbu davra suhbatida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtining mudarrisi Roʻziqulov Ikrom domla oʻzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etdi.



Roʻziqulov Ikrom domla oʻz maʼruzasida islom dini tinchlik va osoyishtalik dini ekanni haqida Allohning kalomi Qurʼoni karim va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamning hadislarida keltirilganini taʼkidlab oʻtdi.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY matbuot xizmati





