Bilginki, “Muqallidning (boshqaga iymon masalasida taqlid qilgan kishi) iymoni durust boʻladimi yoki yoʻqmi”, deyiladigan muqallid u togʻning choʻqqisida yashab, insonlarga aralashmagan, unga daʼvat ham yetib bormagan, oʻzi ham fikr qilib koʻrmagan, Osmolar-u Yer saltanatiga nazar solib tafakkur qilib koʻrmagan kishi boʻlib uning oldiga bir inson kelib, unga eʼtiqod qilishi farz boʻladigan narsalarni xabarini beradi va ularga yaxshilab oʻylab koʻrmasdan koʻr-koʻrona iymon keltiradi. (Ulamolar shu kishining keltirgan iymoni durust yoki nodurust ekanida bahs qilishgan)
Ammo, shahar va qishloqlarda yashab, aql va fahm egasi boʻlgan, Osmonlaru Yer saltanatlariga ertayu-kech nazar soladigan, har bir kuchli shamol, kuchli chaqmoq, baland momoqaldiroq, yorugʻ nur boʻlgan paytda tasbiih aytadigan kishi – bular barchasi undagi istidlaalning (dalil olish) bir turidirki – taqlid chegarasidan chiqqandir. (Yaʼni bu turdagi inson iymoni durustligi aniq)
Yana Allohning Oʻzi tavfiq beruvchidir.
580-yilda vafot topgan Imom Nuriddin as-Sobuniy (r.a)ning «Al-Kifaya val-Hidaya» kitoblari
750-751-betlar.
Ziynatulloh
«Koʻkaldosh» OʻMIBY 3-kurs talabasi






