Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
34-hadis
Oisha tomorqaga loviya ekib qoʻydi. Ob-havo yaxshi boʻlgani bois loviya tez orada unib chiqdi.
Bir kuni tashqaridan sigirlarning ovozini eshitib hovliga yugurib chiqdi. Qoʻshnining sariq sigiri tomorqaga kirib, yosh loviya novdalarini chaynab tashlabdi va pushtalarni ham buzib yuboribdi.
Oisha barcha qilgan mehnati zoe ketganini koʻrgach joyida qotib qoldi. Boʻynida arqon osilib turgan sariq sigir molxonaning yonida moʻrarb turardi. Gʻazab achchigʻida qoʻliga tushgan taxtani oldida sigir tomon bora boshladi.
Shu paytda sigirning egasi boʻlmish qoʻshni ayol kelib qoldi va gʻamginlik bilan gapira boshladi:
– Kecha bechoraning buzogʻi oʻlib qoldi. Ertalabdan beri mana uchinchi marta arqonini uzib, buzogʻini qidiryapti.
Buni eshitgach Oisha qoʻlidagi taxtani tashladi. Loviyasi esidan ham chiqib ketdi. Soʻng ularning oldilariga yurib kelgan sariq sigirning gʻamgin koʻzlariga boqqancha uning boshini silab: “Demak u ham oʻzining bolasi haqida oʻylayapti ekanda”, dedi.
Oisha juda toʻgʻri yoʻl tutdi. Uning bu xayrli ishi Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislariga toʻgʻri kelarkan-a?
“Allohdan qoʻrqing, bu tilsiz hayvonlarga aziyat yetkazmang”. اتَّقُوا اللَّه في هذِهِ البهَائمِ المُعْجمة
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi





