SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Radikalizm islom va hozirgi zamon talqinida
19.10.2023 / Bo‘limda Maqolalar

Radikalizm islom va hozirgi zamon talqinida

“Radikalizm oʻzi nima?”

Radikalizm  (lot.radicalis- Ildizga oid) Muayyan shaxs yoki guruhning mavjud ijtimoiy, siyosiy yoki madaniy holatini tubdan va murosasiz oʻzgartirish istagidan iborat bir jarayon. Yaʼni bir kishida oʻzining bir maʼlumoti bor va u oʻsha maʼlumotni haq deb biladi va qolganlarni uni tan olishga majburlaydi, kerak boʻlsa oʻlim bilan tahdid qiladi. Aynan manashu radikalizmdir. Shu oʻrinda bir narsani aytib oʻtmoqchiman oʻzinig maʼlumotini ilmiy bahs maydonida ilmiy dalillar bilan isbotlab bahslashish bu radikalizm emas.

         Dastlab “radikalizm” atamasi moʼtadil islohotlar uchun ishlatilgan. Misol uchun Yangi asr boshlarida demokratiya tarafdorlarini radikalistlar deb atashgan. 1832yil Buyuk Britaniyada  “Islohotlar toʻgʻrisida Bill” tarafdorlarini ham radikalizm tarafdorlari deb atashgan. Hozirgi radikalizm “ekstremizm”ning nazariy manbai hisoblanadi. “Ekstremizm” bu qoʻrqitish, vahimaga solish orqali insonlarni xohlagan yoʻliga majburlab burishlikdir.

Ming afsuslar boʻlsinki, hozirgi ommaviy telekommunikatsiya va ijtimoiy tarmoqlar orqali bizga bu atamalar shunchalik singdirildiki,xuddiki,Hasan ismi aytilganda inson ongida Husan ismi paydo boʻlgandek, bu atamalar aytilganda inson ongida beixtiyor “islom” soʻzi keladigan boʻlib qoldi. Aslini olganda bu ikki soʻz bir biriga zid maʼnolidir. “Islom” bu “tinchlik, osoyishtalik, hotirjamlik” degani.

         Radikalizm tushunchasi esa chegara bilmaydi. Funtamentalizm,Shovinizm,Fanatizm,Irqchilik, millatchilik( bu roʻyxatni yana davom ettirish mumkin) bularni barchasini asosini radikalizm tashkil qiladi. Yaʼni radikalizmni islom yoki dindor musulmonlar bilan oʻlchanishi notoʻgʻri. Chunki “Islomiy radikalizm” degan  tushuncha yoʻq balki “Islomlashtirilgan radikallik”  bor. Alloh taolo Baqara surasi 256 oyatda :

“Dinga majburlash yoʻq” deb marhamat qiladi.

Hadisi sharifda esa; Abdulloh ibn Amr (r.a) rivoyat qilinadi: “Rosululloh (s.a.v) :

“Musulmon- qoʻli va tilidan musulmonlar omonda boʻlgan kishidir. Muhojir- Alloh qaytargan narsalardan qaytgan kishidir” dedilar ( Muttafaqun alayh).

Ushbu hadis sharhida ulamolar : Bu hadisda musulmon kishi nafaqat oʻzini musulmon birodariga balki oʻzini diyoridagi zimmiy va gʻayri dinga xattoki hayvonot va nabotot olamiga ham nohaq ozor bermasligini  aytishgan.

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda islom niqobi ostida harakat qiladigan ayrim oqim vakillari oʻzlarini tillari bilan bir moʼminni takfirda ayblab unga ozor bersalar yana bir tomondan qoʻllaridagi qurol bilan ozor beradilar. Bu Rosululloh(s.a.v) sifatlagan musulmon sifatlariga ziddir.

         Alloh taolo Nahl surasi 90 oyatida  shunday marhamat qiladi:

“Albatta, Alloh adalatga, ehsonga, qarindoshlarda yaxshilik qilishga amr etadir va fahshu munkar hamda zulmkorlikdan qaytarur”.

Yuqoridagi oyat haqida Abdulloh ibn Masʼud (r.a) shunday deganlar: “Qurʼondagi eng jamlovchi oyat shu oyatdir. Ergashiladigan yaxshiliklarni ham, chetlanishi lozim boʻlgan yomonliklarni ham jamlab zikr qilingan”

Hozirgi kunda “islomlashtirilgan radikallik” oqimlari aytayotgan gaplari hamda qilayotgan ishlari oʻzlari uchun “toʻgʻri” boʻlishi mumkin. Chunki ular davo qilayotgan gaplarni aksari Qurʼon oyatlari va hadisi sharifdandir. Dorixonadagi dorilarni hammasi qaysidir kassalikka davo va dori darmonlar ishlab chiqarishdan asosiy maqsad esa biror bir kassalikni u orqali davolashdir. Ana endi oʻsha dorini malakali shifokor tavsiyasiz yoki retseptisiz ichsa uni hatto oʻldirishi ham mumkin.

Qurʼon nozil boʻlishidan maqsad insonlarni hidoyatga boshlashlik, Yagona Alloh taologa ibodat qilishlikdir. Qurʼon oyatlari va hadislar xuddi dori kabidir. Agar oyat va hadislarni ulamolar  tavil qilgandek amal qilinmasa va oʻzboshimchalik bilan “amal” qilinsa u kishini dinini oʻldiradi, oʻzini esa zalolatga boshlaydi. “Islomlashtirilgan radikallik” oqimlarini qilayotgan ishlari oʻzlari uchun zulm va zalolatdan oʻzga narsa emas.

Islom moʼtadillik dini.Diniy radikalizmni kelib chiqish sabablaridan bir bu shariat chizib bergan chegaradan oʻtishlik va dinda chuqur ketishlikdir. Rasulolloh (s.a.v.) dinda chuqur ketidan qaytarganlar.

Ibn Abbos (r.a) rivoyat qiladi: Paygʻambarimiz (s.a.v.) : “Ey odamlar! Dinda chuqur ketishdan saqlaninglar. Chunki sizdan oldingilar dinda chuqur ketishdan halok boʻlgan” dedilar. (Imom Ahmad, Nasoiy va Ibn Moja rivoyati).

Ibn Masʼud (r.a) rivoyat qilgan hadisda esa:

“Paygʻambarimiz (s.a.v): “ Chuqur ketuvchilar halok boʻlsin!” dedilar”(Imom Muslim rivoyati).

Kalom soʻngida xulosa qilib aytamanizki hozirgi kunda radikalizm fitnalarni keltirib chiqaradigan va musulmonlarning orasiga tafriqa soladigan asosiy gʻoya hisoblanadi. Biz radikalizmga qarshimiz!

Alloh taolo bizni hidoyatga boshlasin va Oʻzining toʻgʻri yoʻlidan adashtirmasin.

Tayyorladi: 3-kurs talabasi Nematov Akromxon

What you can read next

Ҳусни хулқ (Шамоийилул-Мустафо)
Набавий хулқ асослари (Шамоилул Мустафо)
Ҳар бир ишни пухта қилмоқ лозим
Ҳар бир ишни пухта қилмоқ лозим
Мазҳабга эргашиш зарурати ва мазҳабсизликнинг салбий оқибатлари
Мазҳабга эргашиш зарурати ва мазҳабсизликнинг салбий оқибатлари

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP