SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi
03.08.2023 / Bo‘limda Yangiliklar

Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi

Yurtimizda dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Islom asoslari, Qurʼoni karim, hadisi sharif, tafsir, fiqh, aqoid kabi uxroviy ilmlarni oʻrgatishga moʻljallangan diniy bilim yurtlari ham talaygina. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida uchta oliy (Toshkent Islom instituti, Mir Arab Oliy va Hadis ilmi maktabi), 10 ta oʻrta maxsus islom bilim yurtlari qatorida 1999-yildan faoliyatini boshlagan “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti tizimdagi eng faol oʻquv muassasalaridan biri boʻlib, Toshkent shahrining Chorsu maydonidagi Shahriston tepaligida Xoʻja Ahror Valiy jome’ masjidining yonida anʼanaviy sharqona uslub asosida bunyod etilgan tarixiy “Koʻkaldosh” madrasasi binosida joylashgan.

Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (1)
Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (2)

Poytaxtimizning koʻrki boʻlgan ushbu madrasa oʻzining mahobati va koʻrki bilan nafaqat yurtdoshlarimiz hamda chet ellik sayyohlarni oʻziga jalb etadi balki Islom dunyosida taniqli ulamolarning eʼtiboridan chetda qolmaydi. Xabaringiz bor, yaqin kunlarda mazkur ilm dargohini Turkiya va Saudiya Arabistonlik bir nechta   taniqli ulamolar va tasavvuf namoyondalari kelib ziyorat qilishdi.

Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (3)
Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (4)
Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (5)

Kecha, 2-avgust kuni Misr Arab Respublikasi Al-Azhar Universiteti Shayxi Ibrohim Xatib “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov kutib oldi.

Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (6)
Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (7)
Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (8)

Bilim yurti mudiri  Abdulhakim qori Matqulov madrasa tarixi haqida: bino boʻlishidan boshlab hozirgi kungacha boʻlgan tarixiy bosqichlari haqida batafsil bayon qilib, Yurtimizda diniy taʼlim uchun yaratilgan sharoitlar haqida oʻzi rahbarlik qilayotgan bilim yurti misolida bayon qilib berdi, xususan hozirda Koʻkaldosh islom bilim yurtida talabalar  taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, ularga taʼlim-tarbiya berishda qoʻllanilayotgan ilgʻor pedagogik usullar hamda dasturlar haqida tashrif buyurgan mehmonga soʻzlab berdi.

Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (9)
Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (10)
Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (11)
Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (12)
Al-Azhar Universiteti Shayxi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (13)

Oʻz navbatida madrasaga tashrif buyurgan Shayx Ibrohim Xatib bu yerda taʼlim uchun yaratilgan sharoitlarga yuksak baho berdi va ushbu sharoitlarni yaratib berayotgan Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevdan boshlab Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi rahbariyatigacha boʻlgan barcha mutasaddilarining haqqiga duoyi xayrlar qildi.

Martabali mehmon Koʻkladosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga qilgan tashrifidan katta taassurotlar bilan qaytdi.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati

What you can read next

ДИҚҚАТ! ЭЪЛОН!
Диққат! эълон!
2018-2019 ўқув йили қабул имтиҳонилари жараёнидан фотолавҳалар (2-кун)
2018-2019 ўқув йили қабул имтиҳонилари жараёнидан фотолавҳалар (2-кун)
Dolzarb mavzudagi kitob taqdimoti
Dolzarb mavzudagi kitob taqdimoti

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP