SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
QABUL BOSHLANISHIGA 1 KUN QOLDI
20.06.2023 / Bo‘limda Yangiliklar

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus Islom bilim yurtiga 2023-yilgi qabul jarayoni boshlandi

Bugun, 20 iyundan Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida 2023-2024 oʻquv yili uchun qabul boshlandi.

Abiturientlardan hujjatlarni qabul qilish Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtining “Qabul hayʼati” tomonidan offlayn shaklda tasdiqlangan qabul Nizomlari asosida amalga oshiriladi.

Tuzilgan hayʼat “Qabul-2023” uchun tayyorgarlik ishlarini yakunlab, abituriyentlarni qabul qilish uchun barcha shart-sharoitlarni hozirladilar.

Koʻkaldosh madrasasi binosiga kiraverishidagi eʼlonlar doskasiga qabul nizomi, hujjatlari, vaqtlari va abituriyentlar uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar joylashtirildi.

“KOʻKALDOSH” OʻRTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTIGA 2023-YILGI QABUL JARAYONI BOSHLANDI (1)
“KOʻKALDOSH” OʻRTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTIGA 2023-YILGI QABUL JARAYONI BOSHLANDI (2)
“KOʻKALDOSH” OʻRTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTIGA 2023-YILGI QABUL JARAYONI BOSHLANDI (3)

Shuningdek, qabul uchun jihozlangan salqin xonada abituriyentlar bilan suhbat oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi va arizalarni toʻgʻri toʻldirish uchun alohida salqin joy ajratildi hamda ariza namunalari yozish stoliga joylandi, qabulxonaga barcha kerakli jihozlar oʻrnatildi,  masʼul va texnik kotiblar, qabul boʻyicha maslahatchi va hamshira uchun alohida joylar ajratildi.

“KOʻKALDOSH” OʻRTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTIGA 2023-YILGI QABUL JARAYONI BOSHLANDI (4)
“KOʻKALDOSH” OʻRTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTIGA 2023-YILGI QABUL JARAYONI BOSHLANDI (5)

Bugun boshlangan “Qabul-2023” jarayoni bilan yaqindan tanishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita masʼul xodimi Nusratullo Nodirov hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi  Taʼlim va ilmiy tadqiqodlar boʻlimi xodimi Abdunosir Bobamirzayev tashrif buyurishdi. Mehmonlarni bilim yurti mudiri, “Qabul hayʼati” raisi Abdulhakim qori Matqulov kutib oldi. Ular qabul jarayoni ochilishida ishtirok etdilar. Qabul jarayoni Qurʼoni karim tilovati va uni ketidan qilingan duoyi-xayrlar bilan boshlandi. Tashrif buyurgan mehmonlar abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish uchun yaratilgan barcha sharoitlarni koʻzdan kechirib, abituriyentlar bilan oʻtkazilayotgan suhbat hamda hujjatlarni qabul qilish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif yakunida tashrif buyurgan mehmonlar qabul jarayoni borasida kerakli tavsiyalarni berdilar. 

«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati

What you can read next

Ота-она меҳмондир
Ота-она меҳмондир
Диний экстримистик оқимлар залолат ботқоғидир
Диний экстримистик оқимлар залолат ботқоғидир
“Фароиз илми” китоби муаллиф томонидан ҳадя қилинди
“Фароиз илми” китоби муаллиф томонидан ҳадя қилинди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP