Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
12-hadis
Oydin juda kibrli qizcha edi. U otasidan ayrilganidan soʻng juda kamgap boʻlib qoldi. Har kuni oʻzlarining hashamatli hovlisida yolgʻiz oʻynar edi. Qoʻshnisi Badriya bilan birga oʻynashni esa sira xushlamas edi. Chunki Badriya kambagʻal oilaning farzandi edi. Kunlarning birida Badriya shoshilganicha Oydinlarning uyiga keldi va: “Mening otam ogʻir kasal. Umri juda oz qoldi. Sizlarni zudlik bilan chiqishingizni soʻrayabdi. Muhim gaplari bor ekan”-dedi. Oydin uning gaplaridan jerkinib: “Bu kambagʻal kishi menga nimani aytmoqchi boʻlishi mumkin? Uyingizga esa badboʻy hiddan kirib ham boʻlmasa kerak”,-dedi. Bir necha daqiqadan keyin Badriya koʻzlarida yosh bilan yana qaytib keldi va: “Mening otam haqiqatdan sizlarga juda muhim gap aytmoqchilar. Gap shundaki, sizning otangiz oʻlimi olidan oʻz oltinlarini bir joyga koʻmib qoʻygan ekan. Bu joyni esa faqat mening otamga aytib ketibdi. U sizlarga bu oltinlar haqida voyaga yetmasingizdan oldin aytmasligi kerak ekan. Ammo hozir oʻlimi oldidan oltinlar qaerdaligini sizlarga aytmoqchi. Shoshilinglar!” – dedi. Bu gaplarni eshitgach Oydin darhol Badriyalarning uyi tomon yugurdi. Ammo kech boʻlibdi. Badriyaning otasi endigina jon bergan ekan. Oydin oʻzidan juda xafa boʻlib ketdi. U yomon xulqi sababli oltinlardan quruq qolgan edi. Siz balki bu qizcha faqat oltinlarni yoʻqotdi deb oʻylarsiz. Yoʻq! Modomiki, u oʻzining mana shu yomon xulqidan voz kechmas ekan, xuddi oltinlarini yoʻqotgani singari jannatdan ham mahrum boʻlishi mumkin. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday xulq egalari haqida nima deganlarini eshiting:
“لا يدخل الجنة من كان في قلبه مثقال ذرة من كبر”
“Qalbida zarracha kibri boʻlgan inson jannatga kirmaydi”
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi






