Bugun, 17-iyun kuni “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti talabalari taʼtilga chiqishlari oldidan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda oʻquv yili davomida madrasa talabalari oʻrtasida namunali xulqi, ilmga chanqoqligi, jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turganligi uchun bilim yurti rahbariyati bir nechta talabalarning ota-onalariga “Tashakkurnoma”lar topshirildi.



“Tashakkurnoma”larni bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov talabalarga topshirdilar va oʻzlari Toshkent islom institutida talabalik davrlarida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan “Tashakkurnoma” olganlik tarixlarini ibrat sifatida gapirib berdilar.



«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati





