SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Masjidul Haram imomi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi
14.06.2023 / Bo‘limda Yangiliklar

Masjidul Haram imomi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi

Bugun 14-iyun kuni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtiga Makka shahridagi Masjidul Harom imomi, Ummul Quro jomeasining “Usulul fiqh” ustozi Shayx Hasan ibn Abdulhamid Buxoriy tashrif buyurdi. Unga Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi noibi imomi Hasanxon Abdulmajid hamrohlik qildi. Mehmonlarni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov kutib oldi.

Masjidul Haram imomi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (1)
Masjidul Haram imomi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (2)

Tashrif madrasa tarixi bilan tanishish boshlandi. Bilim yurti mudiri  Abdulhakim qori Matqulov madrasa tarixi haqida: bino boʻlishidan boshlab hozirgi kungacha boʻlgan tarixiy bosqichlari haqida batafsil bayon qilib, hozirda bu yerda talabalar  taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida tashrif buyurgan mehmonga soʻzlab berdi.

Masjidul Haram imomi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (3)
Masjidul Haram imomi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (4)
Masjidul Haram imomi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (5)

Oʻz navbatida Shayx Hasan ibn Abdulhamid Buxoriy bilim yurti ustozlari va talabalar bilan muloqot qildi. Muloqot soʻnggida Shayx Hasan ibn Abdulhamid Buxoriy yurtimiz tinchligi, dinimiz, millatimiz ravnaqi yoʻlida xizmat qilib oʻtgan barcha vatandoshlarimiz hamda hozirgi kunda ushbu yoʻlda say-harakat qilayotgan Yurtboshimiz, u kishi bilan yelkama-yelka xizmat qilayotgan barcha masʼullar, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati va boshqa mutasaddilar hamda bilim yurti ustozlari va talabalari haqqilariga duo qildi.

Masjidul Haram imomi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (6)
Masjidul Haram imomi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (7)
Masjidul Haram imomi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (8)

Soʻng Abdulhakim qori Matqulov Shayx Hasan ibn Abdulhamid Buxoriy bilan tor doirada suhbatni davom ettirdi. Bu yerda muloqot sermazmun boʻldi, tashrif buyurgan mehmon tomonidan madrasadagi diniy taʼlim tartibi va bu yerda toʻrt yil davomida oʻqitiladigan fanlar, bu borada qanday istiqbolli rejalar borligi haqida berilgan savollariga Abdulhakim qori Matqulov batafsil javob berdi.  Tashrif soʻngida Abdulhakim qori Matqulov bilim yurti tomonidan tashrif buyurgan mehmon uchun tayyorlangan sovgʻalarni topshirdi va uning haqqiga duoyi-xayr qildi.

Masjidul Haram imomi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (9)
Masjidul Haram imomi “Koʻkaldosh” madrasasiga tashrif buyurdi (10)

Koʻkaldosh OʻMIBYu Matbuot xizmati

What you can read next

Madrasada xatmul-kutub
Madrasada xatmul-kutub
“Аҳли илмни ҳурмат қилишлик Аллоҳнинг розилигини топишлик бўлади”
“Аҳли илмни ҳурмат қилишлик Аллоҳнинг розилигини топишлик бўлади”
Қуръонни хатм қилиш қачон бошланган?
Қуръонни хатм қилиш қачон бошланган?

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP