Bugun 12-iyun kuni «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida peshin namozidan soʻng bilim yurti talabalari tomonidan tayyorlangan oʻnta xatmi Qurʼon hamda salovotlar tugatilib, yurt tinchligi, dinimiz, millatimiz ravnaqi yoʻlida xizmat qilib oʻtgan barcha vatandoshlarimiz hamda hozirgi kunda ushbu yoʻlda say-harakat qilayotgan yurtboshimiz, Din ishlari boʻyicha Qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati va boshqa mutasaddilar haqqiga duoyi-xayrlar qilindi.





