
Bugun, 8-iyun kuni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov «Nazarbek» talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Abdulhakim qori Matqulovga «Xoʻjalik boʻlimi» boshligʻi Zikrulloh Mahkamov va Oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari Nodir Jalolov hamrohlik qildi.
Abdulhakim qori Matqulov «Nazarbek» talabalar turar joyiga tashrif buyurishidan maqsad, talabalar turar joyida talabalar uchun darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga yaratilgan sharoitlar hamda u yerda shu maqsadda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish va u yerda talabalar oʻz boʻsh vaqtlarini yanada mazmunli oʻtkazishlari uchun sharoitlarni yaxshilash uchun amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalarni belgilash boʻldi.




Abdulhakim qori Matqulov «Nazarbek» talabalar turar joyiga tashrifni talabalar yashaydigan xonalarni koʻzdan kechirishdan boshladi. U yerda istiqomat qilayotgan talabalar bilan uy vazifalarni bajarish, boʻsh vaqtlarida sport bilan shugʻullanish, kitob mutolaa qilish uchun yaratilgan sharoitlar haqida suhbatlashdi va ulardan ushbu sharoitlarni yanada yaxshilash borasida qanday taklif va istaklar borligini soʻradi.



Undan keyin Abdulhakim qori Matqulov «Nazarbek» talabalar turar joyida yaqinda qurib bitirilgan tahoratxonani va taʼmirdan chiqqan oshxonani hamda hozirda qayta taʼmirlanayotgan xonalarni koʻzdan kechirdi.

Undan tashqari, Abdulhakim qori Matqulov «Nazarbek» talabalar turar joyida mavjud kutubxonani koʻzdan kechirdi va uni badiiy adabiyotlar bilan boʻyitish borasida takliflarni berdi.

Tashrif yakunida Abdulhakim qori Matqulov «Nazarbek» talabalar turar joyida talabalar uchun yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va ularning boʻsh vaqtlarini yanada mazmunli oʻtkazish uchun zarur boʻlgan vazifalarni belgilab berdi.
«Koʻkaldosh» OʻMIBYu matbuot xizmati






