Har dushanba kuni “Koʻkaldosh” taʼlim muassasasi talabalari oʻquv haftasini “Axborot va murabbiylik soati” darsi bilan boshlaydilar. Bunda oʻquvchilar oʻtgan hafta davomida boʻlib oʻtgan muhim voqealar, siyosiy-ijtimoiy va ilmiy-madaniy sohalardagi yangiliklar bilan tanishib, ustozlardan ularga nisbatan munosabat eshitadilar va oʻz qarashlarini izhor qiladilar.
Navbatdagi “Axborot va murabbiylar soati”da “Diniy taʼlim muassasalarining odob-axloq qoidalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Gʻaniev olib bordi.



Ushbu qoidalarda asosan: taʼlim muassasasida sogʻlom maʼnaviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi xamda obro‘-eʼtiborini asrab-avaylash, yuksak maʼnaviy va axlokiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga kumaklashish, Taʼlim muassasasining jamiyatdagi xamda taʼlim tizimidagi nufuzini yanada oshirish maqsad qilingan.
A.Gʻaniev suhbat davomida yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida oʻz masʼuliyatini xis etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini toʻgʻri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor, yuksak insoniy fazilatlarga ega bulgan, irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uygʻoq xamda anʼanaviy milliy va diniy kadriyatlarni ximoya qila oladigan diniy va zamonaviy bilimlarni puxta egallagan mutaxassislarni tayyorlash, taʼlim muassasasi talabalarining muomala madaniyati, kiyinish odoblari, darslarga muntazam qatnashishi, maʼnaviy immunitetini yanada oshirish, saqlash va ximoya kilish masalalariga alohida tohtalib oʻtdi.
Rahmatulloh Saidjalolov
«Koʻkaldosh» OʻMITM Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimi






