Sufyonu Savriy, Avzoʻiy, Lays Ibn Saʼd, Sufyon Ibnu Uyayna, Abdulloh Ibnu Muborak va Ahlu sunna val jamoaning boshqa ulamolaridan mutashobih sifatlar kelgan oyatlar haqida : “Sifatlarning xabarlari qanday kelgan boʻlsa, shundayligicha biror narsaga oʻxshatmasdan va inkor qilmasdan gapiriladi. Qanday, nima uchun, deyilmaydi,” degan rivoyatlar keladi.
Imom Abu Sulaymon Xattobiy rohimahulloh aytadilar: “Bizga va har bir musulmon kishiga Parvardigorimiz surat, shakl egasi emasligini chunki surat kayfiyatni taqozo qiladi va bu narsa esa Alloh taolodan va Uning sifatlaridan inkor qilinadi ekanini bilishi vojib boʻladi.”
Imom Bayzoviy Hanafiy “Ishorotul Marom” nomli kitoblarida: “بلا كيف degani, bu kayfiyatsiz, tana aʼzosiz va maxluqotlarga oʻxshash emas deganidir. Bu gapda bir nechta narsaga ishoralar bor, ularning eng muhimi barcha kayfiyatning turlarini Allohdan nafiy qilish, chunki kayfiyat lugʻatda shakl maʼnosida keladi. Bu gap “Misbahul munirda” zikr qilingan.”
Koʻkaldosh OʻMITM matbuot kotibi Rustam Oxunjonov tarjimasi






