SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zahar
25.01.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Jannatdagi qoʻshni

Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
7-hadis

Kunlarning birida bir podshoh xalq uning boshqaruviga qanday munosabatda ekanligini bilish maqsadida vaziri bilan shahar aylangani chiqdi. Odamlar uni tanib qolmasligi uchun tashqi koʻrinishi va kiyimlarini oʻzgartirib oldi. Bu vaqtda qishning sovuq kunlari edi. Ular masjid yonidan oʻtib ketayotganlarida  sovuqda qaltirab oʻtirgan ikki bechorahol kishiga yoʻliqishdi. Ularning boshpanasi yoʻq edi. Podshoh bu ikki faqirning oʻzaro suhbatlarini eshitish uchun  ularga yaqinroq bordi. Ulardan biri sovuqdan shikoyat qilib shunday  hazil qilar edi:

“Ertaga jannatga tushsam u yerga podshohimizni kiritmayman!  Agar mabodo jannatni eshiklariga yaqinlashayotganini koʻrsam, mana shu oyoq kiyimimni yechib boshiga otaman”.

Ikkinchisi ham qiziqib: “Nega sen uni jannatga kiritmaysan?”, -dedi. Shunda haligi sherigi  :” Albatta kiritmaymanda, biz bu yerda sovuqdan egilib ketyabmizku, u boʻlsa bizni hatto borligimizni ham bilmaydi. Yana birdan jannatdagi qoʻshnimiz boʻlib qolsa-ya. Bilasanmi  doʻstim, men bunday beparvo kishi jannatda qoʻshnim boʻlishini xohlamayman!”- deya javob berdi. Ular ikkisi birdan kulib yuborishdi.

Bu  gaplarni eshitgan podshoh vaziriga qarab: “Bu ikkisini eslab qol!”- dedi. Saroyga qaytib kelganlaridan keyin esa oʻsha ikki kambagʻalni keltirish uchun masjidga odam yubordi. Bu ikki bechora qoʻrquv iskanjasida saroyda oʻzlarini nimalar kutayotganidan xavotirda edilar. Ammo ularni sharoitlari juda qulay boʻlgan bir uyga olib keldilar va: “Sizlar bu yerda istaganingizcha yeb-ichishingiz, yashashingiz mumkin  hamda podshohimizning haqqiga duo qilasizlar, ammo u kishining jannatga kirishiga qarshilik qilmaysizlar”-deyildi.

Podshohning  tutgan  yoʻli naqadar goʻzal! Zero Nabiy sollallohu alayhi va sallam mana shunday bechorahol insonlarga yordam berganlar haqida bunday deganlar:

(من نفس عن مؤمن كربة من كرب الدنيا نفس الله عنه  كربة من كرب الآخرة)

“Kimki bir  moʼminni bu dunyodagi   qiyinchilikdan qutqarsa, Alloh taolo uni oxiratdagi qiyinchilikdan qutqaradi”.
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Миссионерлик нима?
Миссионерлик нима?
Исломдаги биринчи элчи
Исломдаги биринчи элчи
Мазҳабга эргашиш - динга эргашиш
Мазҳабга эргашиш – динга эргашиш

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP