SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zahar
29.08.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Gʻisht

Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
24-hadis

Oʻtgan zamonlarda Hojimurod ismli bechorahol kishi yashagan boʻlib u taqvodor va tartibli inson ekan. Bir kuni Hojimurod uyining devorini taʼmirlayotgan vaqtda gʻishtlar orasida toʻrtburchak shakldagi oltin quymasini koʻrib qolibdi. Ana shu paytda u cheksiz quvonibdi.

“Va nihoyat men kambagʻallikdan qutulaman. Oʻzimga hashamatli uy quraman. Yerga oq marmar terdiraman. Xonalarni qimmatbaho uy jihozlari bilan toʻldiraman. Bogʻda gullar ekib, gulzor qilaman. Turli xil mevali daraxtlar ekaman, ularning shohlarida dunyodagi eng nodir va chiroyli qushlar sayrab turadi,” – deb oʻylabdi u.

Shunaqa oʻy-fikrlar bilan uxlab qolibdi.

Keyingi kuni tushida ishchilarni, oshpazlarni, uy xizmatchilarini ishga yollayotganini koʻribdi.

Uchinchi kuni ham olamshumul rejalar tuzishda davom etibdi. Orzu qilaverib, ovqatlanishni ham, namoz oʻqishni ham va hatto unga bu neʼmatni bergan Alloh taologa hamd aytishni ham unutib qoʻyibdi.

Ana shunday kunlarning birida, orzular dengiziga shoʻngʻigan Hojimurod shahar atrofida yurar ekan qabriston boʻyida gʻisht quyayotgan bir ustaga koʻzi tushib qolibdi. Usta tuproq kavlab olib, uni suv va somon bilan aralashtirib loy qilar, soʻng esa gʻisht qoliplarini loy bilan toʻldirib chiqayotgan ekan. Oʻsha kishi qabriston tuprogʻidan yasalgan gʻishtlar mustahkamroq chiqishini aytganida, Hojimurod yuziga tarkasi tushgandek seskanib ketibdi va oʻzini urushib haqoratlagan kezi ortiga qarab ketibdi.

“Eh, sen ahmoq! – debdi u oʻziga. – Kun kelib sening qabr tuprogʻingdan ham kimdir gʻisht yasaydi. Sen esa, qoʻlingga oltin quymasi tushishi bilan es-hushingni yoʻqotib qoʻyding. Kundan-kunga umring nihoyalanib borayotgan boʻlishiga qaramay, namoz va duolarni ham tashlab qoʻyding. Har bir tashlagan qadaming bilan oʻlimga yaqinlashib borayapsan-ku. Orzularingni qoʻy! Alloh taolo tomonidan berilgan bu qulay imkoniyatdan munosib tarzda foydalan. Pullarni kerakli oʻrinlarga ishlat. Oʻylamasdan sarflab tashlama!”
Shu payti Asr namozining azoni eshitilibdi.

Hojimurod yaxshi amallar qilishga shaylangan insonga xos qatʼiyat bilan masjid tomon yuzlanibdi.

Agar Hojimurod Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislarini bilganida edi, yuqoridagi aql-hushini yoʻqotish holatiga tushmagan boʻlar edi:

“Agar Uhud togʻidek oltinim boʻlsa, qarzimni toʻlashga yetadiganidan ortigʻi menda uch kundan oshiq turishini xohlamayman”. (Imom Buxoriy rivoyati).

“لَوْ كانَ لي مِثْلُ أُحُدٍ ذَهَبًا ما يَسُرُّنِي أنْ لا يَمُرَّ عَلَيَّ ثَلاثٌ، وعِندِي منه شيءٌ إلَّا شيءٌ أُرْصِدُهُ لِدَيْنٍ”
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг қорилари
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 20-оят
Imom termiziyning hayoti va ilmiy merosi
Imom termiziyning hayoti va ilmiy merosi
“Намоздан кейин жамоат билан дуо қилиш бидъат”ми?
“Намоздан кейин жамоат билан дуо қилиш бидъат”ми?

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP