Bugun 29 – may “Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalarida 2024-yil davomida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yoʻnalishida amalga oshiriladigan tadbirlar boʻyicha namunaviy chora-tadbirlar rejasi doirasida Oʻzbek va jahon adabiyoti vakillari ijodi bilan yaqindan tanishish va ularning badiiy asarlarini mutolaa qilish maqsadida “Mening sevimli kitobim” maʼrifiy loyihasini oʻtkazildi. Unda Oʻtkir Xoshimovning “Tushda kechgan umrlar”, Nodar Dumbadzening “Qoʻrqmang, onajon”, Jyul Vernning “Oʻn besh yoshli kapitan”, va 1982-yil Nobelning adabiyot boʻyicha mukofot sovrindori Gabriel Garsia Markesning qalamiga mansub “Buzrukning kuzi” asarlari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Talabalar yangi kitoblar bilan yaqindan tanishishdi.





Axborot resurs markazi mudiri A.Bannayev




