SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
26.08.2026 / Bo‘limda Islom tarixi, Maqolalar

Zulmatdan nurgacha (9-qism) Nurga birinchi yetganlar

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning eng yaqin doʻstlari Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu edilar. U kishi Quraysh orasida obroʻli, aqlli, halol va halim inson sifatida tanilgan edi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u kishini Islomga chaqirganlarida Abu Bakr roziyallohu anhu ikkilanmay imon keltirdilar. Bu voqea juda katta ahamiyatga ega boʻldi. Chunki u kishi oʻz obroʻlari va insonlar orasidagi aloqalaridan foydalanib, boshqalarni ham Islomga chaqira boshladilar.
Abu Bakr roziyallohu anhuning daʼvatlari orqali bir qancha mashhur sahobalar Islomni qabul qildilar. Ular orasida Usmon ibn Affon, Zubayr ibn Avvom, Abdurahmon ibn Avf, Saʼd ibn Abu Vaqqos va Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhum bor edi. Ularning har biri Islom tarixida juda katta oʻrin egalladilar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning amakilari Abu Tolibning oʻgʻli Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu ham Islomni ilk qabul qilganlardan boʻldilar. U kishi oʻsha vaqtda hali yosh bola edilar.
Ali roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xonadonlarida tarbiya topganlari sababli Islomning ilk daʼvati bilan bevosita tanish boʻldilar. Keyinchalik u kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning eng yaqin sahobalaridan va toʻrt roshid xalifadan biri boʻldilar.
Dastlab musulmon boʻlganlardan yana biri Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ozod qilgan qullari Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu edilar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Zayd roziyallohu anhuni juda yaxshi koʻrar edilar. U kishi u zotning hayotlarida alohida oʻrin tutdilar va keyinchalik Islom lashkarining muhim sarkardalaridan biriga aylandilar.
Qurʼoni Karimda ismi ochiq zikr qilingan yagona sahoba ham Zayd ibn Horisa roziyallohu anhudir (Ahzob surasi, 37-oyat).
Shunday qilib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning daʼvatlari bilan insonlar ichida birinchi boʻlib imon keltirgan zot Xadicha roziyallohu anho boʻldilar. Erkaklardan birinchi boʻlib Abu Bakr roziyallohu anhu, yosh bolalardan Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu, qullardan esa Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu Islomni qabul qildilar.

«Islom tarixi» va «Ar Rohiqul Maxtum» kitoblari asosida tayyorlandi

✒️“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi oʻqituvchisi Roʻziqulov Ikrom

Tagged under: maqola, mavlid, nabiy, siyrat

What you can read next

Bagʻrikenglik ­­­– totuvlik asosi
Bagʻrikenglik ­­­– totuvlik asosi
Европанинг 10 та йирик масжиди
Европанинг 10 та йирик масжиди
МАККА ФАТҲИДАН КЕЙИН ҲИЖРАТ ЙЎҚ
Макка фатҳидан кейин ҳижрат йўқ

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP