Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2023-yil 6-dekabr “Taʼlim muassasalarida qishki taʼtilni belgilash toʻgʻrisida”gi 01A/157-sonli buyrugʻi 2.5-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida pedagog-oʻqituvchilar uchun ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, oʻquv jarayoniga oid meyyoriy-huquqiy hujjatlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar hamda ixtisoslik fanlari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv seminarlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.



Bilim yurtida bugun, 25-dekabr kuni ilk oʻquv-seminar mashgʻulotlari oʻtkazildi. Oʻquv-seminar mashgʻulotida bilim yurtining Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi Jaloliddin Xolmoʻminov “Dars tashkil qilishda mudarrislarga kerakli boʻlgan zaruriy masalalar” mavzusida maʼruza qildi.



Maʼruza davomida “Taʼlim sifatini oshirish, samarali oʻquv metodlarini oʻzlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tartibi haqida mulohazalar qilindi.


Eslatib oʻtamiz, talabalar uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 24-dekabrdan 2024-yil 7-yanvargacha etib belgilangan.
Tayyorladi: Oʻquv-uslubiy boʻlim
uslubchisi Ismatov Jahongir





