SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Koʻkaldosh bilim yurtida umumxalq xayriya hashari ruhida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
23.08.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

Koʻkaldosh bilim yurtida umumxalq xayriya hashari ruhida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Yurtimizda 22-23-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari keng koʻlamda mamlakatimizning barcha hududlarida, mahalla va jamoalarda, taʼlim muassasalarida xayriya hashari oʻtkazildi.
Shu munosabat bilan bugun, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida ham hasharga bagʻishlangan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bilim yurti hovlisi, darsxonalari, kutubxonasi hamda yotoqxona hududlari tozalanib, atrof-muhitni obod etish maqsadida daraxtlar butaldi, gullar va manzarali butalar ekildi.

Koʻkaldosh bilim yurtida umumxalq xayriya hashari ruhida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi (1)
Koʻkaldosh bilim yurtida umumxalq xayriya hashari ruhida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi (2)
Koʻkaldosh bilim yurtida umumxalq xayriya hashari ruhida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi (3)
Koʻkaldosh bilim yurtida umumxalq xayriya hashari ruhida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi (4)

Hashar jarayonida bilim yurti oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari faol ishtirok etdilar. Har bir ishtirokchi ushbu ezgu tashabbusga oʻz hissasini qoʻshib, jamoaviy mehnat, mehr-oqibat va vatanparvarlik tuygʻularini amalda namoyon etdi.

Koʻkaldosh bilim yurti mudirining taʼkidlashicha, bu kabi tadbirlar nafaqat muassasa hududining fayzini oshiradi, balki yosh avlod qalbida mehnatsevarlik, jamoatchilik gʻoyalariga sadoqat va ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.

Koʻkaldosh bilim yurtida umumxalq xayriya hashari ruhida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi (5)
Koʻkaldosh bilim yurtida umumxalq xayriya hashari ruhida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi (6)
Koʻkaldosh bilim yurtida umumxalq xayriya hashari ruhida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi (7)

Maʼlumki, hashar — ajdodlardan meros boʻlib kelayotgan milliy qadriyatlarimizdan biridir. Bugun bu anʼana zamonaviy mazmun kasb etib, xalqimizni birdamlikka, bunyodkorlikka, poklik va ozodalikka undaydigan muhim ijtimoiy hodisaga aylangan.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida oʻtkazilgan ushbu hasharning asosiy maqsadi — muqaddas ilm maskanining holatini yanada yaxshilash, uni yangi oʻquv yiliga tayyorlash, eng asosiysi, yoshlarga ezgulik, mushtaraklik va mehnatsevarlik ruhini singdirishdan iborat boʻldi.

Saidazimxon SAIDAKRAMOV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Islom – tinchlik va ezgulik dini
Islom – tinchlik va ezgulik dini
Тазия изҳори
Тазия изҳори
Ҳимматнинг ўрни қалбдадир

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP