Bugun 2023-yil 23-fevral kuni Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum» oʻrta maxsus islom bilim yurtida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalari rahbarlarining seminari boshlandi.



Unda Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi mudiri Muhammadamin Nasriyev qatnashmoqda.




Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaat qilgan murojaatida belgilangan vazifalar, “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” doirasida dolzarb vazifalar, semestr yakunlari tahlili, taʼlim sifatini yanada oshirish, talaba va pedagog-oʻqituvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilinadi.
Koʻkaldosh OʻMITM matbuot xizmati






