SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
📚“Arab tili fani oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
22.12.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

📚“Arab tili fani oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida “Arab tili fani oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Misr Arab Respublikasidan Toshkent islom instituti katta oʻqituvchisi Ustoz Shayx Ibrohim Abdulkarim hamda ustoz S. Qurbonov ishtirok etdilar.

📚“Arab tili fani oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. (1)
📚“Arab tili fani oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. (2)

Mehmonlar tadbir davomida arab tilining islom ilmlaridagi oʻrni, uning mohiyati, tarixiy ahamiyati hamda arab tiliga oid ilmlar — nahv, sarf, balogʻat va boshqa fanlarning Qurʼon va hadis ilmlarini oʻrganishdagi muhimligi haqida atroflicha maʼruzalar qildilar. Jumladan, Ustoz Shayx Ibrohim Abdulkarim soʻzga chiqib, yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga alohida toʻxtaldi. U oʻz nutqida:

“Bugungi kunda Oʻzbekistonda ilm va maʼrifatga, xususan, islom ilmlari va arab tilini oʻrganishga katta eʼtibor qaratilayotgani quvonarli hol. Yaratilayotgan shart-sharoitlar yoshlarning chuqur bilim olishiga mustahkam zamin boʻlib xizmat qilmoqda”,

— deya taʼkidladi.

📚“Arab tili fani oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. (3)
📚“Arab tili fani oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. (4)

Shuningdek, Ustoz Shayx Ibrohim Abdulkarim taʼkidlashicha, ushbu islohotlar natijasida talabalarning ilmiy salohiyati oshib, arab tilini puxta egallash orqali Qurʼon va hadis ilmlarini yanada teran anglash imkoniyati kengaymoqda. Ularning chiqishlari talabalar uchun juda foydali va qiziqarli boʻlib, arab tilini chuqur oʻrganishga boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi.

Mazkur tadbir doirasida arab tiliga oid oʻquv, ilmiy va manbaviy adabiyotlardan iborat koʻrgazma ham tashkil etildi. Ushbu koʻrgazmada nahv, sarf, balogʻat, tafsir va hadis ilmlariga oid nodir hamda zamonaviy adabiyotlar namoyish etilib, talabalar uchun katta qiziqish uygʻotdi.

Mazkur tadbirda bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) M. Erkayev ham qatnashib, soʻzga chiqdi. U kishi oʻz nutqida arab tilining diniy taʼlimdagi beqiyos ahamiyatini taʼkidlab, yosh talabalarni ilm olishda qatʼiyatli boʻlishga, til ilmlarini puxta egallashga daʼvat etdi.

📚“Arab tili fani oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. (5)
📚“Arab tili fani oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. (6)

Tadbirda bilim yurti ustoz-muallimlari, xodimlari hamda talabalar faol ishtirok etdilar. Suhbatlar savol-javoblar bilan boyitilib, samimiy va ilmiy ruhda oʻtdi.

📚“Arab tili fani oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. (7)
📚“Arab tili fani oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. (8)
📚“Arab tili fani oyligi” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. (9)

Ushbu tadbir “Arab tili fani oyligi” doirasidagi muhim uchrashuvlardan biri boʻlib, talabalar bilimini oshirish, ularning ilmiy va maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

A.Gʻaniyev
“Koʻkaldosh” OʻMIBY Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari

What you can read next

Avvod Mahmud Avvod
Avvod Mahmud Avvod
Ўзбекистон мусулмонлари идораси диний таълим муассасалари раҳбарлари ўқув семинари бўлиб ўтди
Ўзбекистон мусулмонлари идораси диний таълим муассасалари раҳбарлари ўқув семинари бўлиб ўтди
Кўкалдош ўрта махсус ислом билим юртида очиқ мулоқот бўлиб ўтди
Кўкалдош ўрта махсус ислом билим юртида очиқ мулоқот бўлиб ўтди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP