Dekabr oyi, “Fiqh” fan oyligi munosabati bilan 3-kurs talabalari oʻrtasida fiqh fanidan musobaqa tashkil qilindi. Musobaqa tadbiri Allohning kalomi tilovati bilan boshlandi. Qurʼoni karim tilovatidan soʻng, tadbirni bilim yurti mudiri, Turon fanlar akademiyasi akademigi, Ustoz Abdulhahakim qori Matqulov ochib berdi.



Musobaqa avvalida hakamlar hayʼati tuzib olindi. Hakamlar hayʼati tarkibi quyidagicha boʻldi:
1. Abdulhakim domla Matqulov hakamlar hayʼati raisi.
2. Jaloliddin domla Xolmoʻminov hakamlar hayʼati aʼzosi
3. Nodirbek domla Djalolov hakamlar hayʼati aʼzosi
4. Kamoldin domla Mirzayev hakamlar hayʼati aʼzosi
5. Toʻlqin domla Karimov hakamlar hayʼati aʼzosi



3-kurs talabalar 4 ta guruhni tashkil etib, har bir guruh oʻz jamoalarini quyidagicha nomladilar:
301-guruh “Hidoya” jamoasi,
302-guruh “Al-Fudul” jamoasi,
303-guruh “Roshidlar” jamoasi,
304 guruh “Al-Hanif” jamoasi


Musobaqa 4 ta shart asosida olib borildi.
1-shart: “Faqihlar hayoti va ijodi” deb nomlandi. Bu shartda har jamoadan
1 nafar talaba faqihlar hayoti va ilmiy merosi haqida gapirib berishi kerak boʻladi.
1-shart hakamlar tomonidan 15 ballik tizimda baholandi.
2-shart: “Muxtasar ul-viqoya” kitobining taloq bobidagi mavzular asosida savollarga javob berish deb nomlandi. Shartda har bir jamoadan 1 nafar ishtirokchi bilet tanlagan holda kitobdan tarjima qilib berishi kerak edi. Bu shart ham hakamlar tomonidan 15 ballik tizimda baholandi.
3-shart: “Taloq kitobi” asosida tezkor savol-javob sharti deb nomlanib, har bir guruhdan berilgan javobning toʻliq boʻlishiga qarab, hakamlar hayʼati 6 ballik tizimda baholashdi.
4-shart: “Ijodiy yondashuv” deb nomlandi. Bu shartda jamoalar sahna koʻrinishi, bir masalani video rolik yoki slayd tayyorlab, uni sharhlab berishi kerak boʻladi. Shart esa 15 ballik tizimda hakamlar tomonidan baholandi.
Musobaqa davomida qolgan talaba va mehmonlar bilan ham qiziqarli savol javoblar olib borildi.
Musobaqaning 4 ta shart natijalariga koʻra:
1-oʻrinni 301-guruh “Hidoya” jamoasi
2-oʻrinni 302-guruh “Al-Fudul” jamoasi
3-oʻrinni 304 guruh “Al-Hanif” jamoasi egalladi.


Musobaqa soʻngida gʻolib jamoalar hamda barcha ishtirokchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tayyorladi: Oʻquv-uslubiy boʻlimuslubchisi Ismatov Jahongir






