SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
СОХТАЛАШТИРИЛГАН “ЖИҲОД” (моҳият ва талқин) 1-қисм
22.02.2023 / Bo‘limda Bagʼrikenglik va jamiyat, Maqolalar

Soxtalashtirilgan “jihod” (mohiyat va talqin) 2-qism

Mazkur talqinda “katta jihod” nafsu havo, shayton va shaytonsifat odamlar vasvasasi (shubhaga solishi, shahvat orqasidan ergashishga targʻib qilish)ga qarshi kurash – ilm-fan, sogʻlom eʼtiqod, odob-axloq, insoniy fazilatlarni oʻziga singdirish va targʻib qilishga qaratilgan barcha harakatlar, aytilgan soʻzlardan iboratdir.

Qurʼoni karimda “Kofirlarga itoat etma! Qurʼon yordamida ularga qarshi qattiq kurash!” (Furqon, 52), deyiladi. Mazkur oyatda joholat davri gʻoyalaridan taʼsirlanmasdan, balki, jaholatga qarshi ezgulik gʻoyalarini keng targʻib qilishga chorlangan. Oyatdagi “qattiq kurash” amri urushni emas, balki muqaddas manbaga, ilm va haqiqatga asoslangan pand-nasihat, irshodni anglatadi. Ulamolar mazkur oyatning urush haqida emasligini uning Makkada nozil boʻlgani, bu vaqtda musulmonlar jamoasi jangga buyurilmagani bilan izohlaydilar. 

Yana aytiladi: “Ey nabiy! Kofiru munofiqlarga qarshi kurash, qattiqqoʻl boʻl! Ularning joyi jahannamdir. Benihoya dahshatli joy-a” (Tahrim, 9). Bu yerda musulmon boʻlmaganlar hamda tilida musulmon boʻlgan-u, biroq qalbi toʻgʻri boʻlmaganlarga qarshi maʼrifat bilan kurashga, yaʼni, maʼnaviy komil boʻlmagan insonlarning vayronkor gʻoyalariga keskin qarshi boʻlishga buyurilib, notoʻgʻri yoʻlning oxiri voy ekani eslatilgan.

Yuqoridagi oyatda kofir va munofiqlar bilan urushish nazarda tutilmagan. Chunki, “kofir” deb Xudoni inkor qilgan, “munofiq” deb tilida musulmon, dilida nomusulmon boʻlgan kishilarga nisbatan aytiladi. Kofirning jismini emas, uning kofirlik sifatini yoʻq qilish nazarda tutiladi. Islomda tilida imon keltirgan inson musulmon hisoblanaveradi. Abdulloh ibn Ubay ibn Salul ismli munofiq sanalgan kishi oʻzining musulmon emasligini oshkor qilganda ham Paygʻambar alayhissalom uni oʻldirishga buyurmaganlar. Munofiqqa qarshi jihod uning qalbidagi yashirin siridan voqif boʻlib, yovuz maqsadini amalga oshishiga yoʻl qoʻymaslik bilan boʻlishi nazarda tutiladi.

Paygʻambar alayhissalom hadislarida jihodning keng qamrovli tushuncha ekanligi quyidagicha bayon etilgan:

“Mendan oldingi paygʻambarlarning ham ummatlari orasida oʻz izdoshlari boʻlgan. Ular paygʻambar yoʻlini tutib, amru farmoniga ergashgan. Soʻng, ulardan keyingi (avlod)larning soʻzlari feʼllariga, feʼllari aqidalariga mos kelmadi. Bundaylarga qarshi kimki qoʻl bilan jihod qilgan (kurashgan) boʻlsa, oʻsha moʼmindir; tili bilan jihod qilgan (kurashgan) boʻlsa, oʻsha moʼmindir; qalbi bilan jihod qilgan (kurashgan) boʻlsa oʻsha moʼmindir. Bunday qilmagan odamning zarracha ham imoni yoʻqdur”.

Bu hadisda birinchi navbatda qoʻl bilan jihod qilish zikr qilingan. Qoʻl bilan jihod qilish Paygʻambar alayhissalomning boshqa bir hadislarida quyidagicha ifodalangan:

“Bir inson Paygʻambar s.a.v. ning huzurlariga kelib:

– Jihod qilmoqchiman, deydi,

– Ota onang bormi?, soʻraydilar Rosululloh s.a.v.

– Ha.

– Ular yoʻlida jihod qil (xizmatida boʻl)!”

Yana aytadilar: “Beva-bechoralarga yordam qilish Xudo yoʻlida jihod qilish bilan tengdir”.

Maʼlum boʻladiki, qoʻl bilan jihod qilish ezgu ishlarga, adashganlarni ezgulikka yoʻllash choralarini koʻrishga qoʻl urishdan iboratdir. Keng maʼnoda olimning ilm yaratishi, shifokorning zakovati va mohir qoʻli bilan amalga oshirgan ishi, mulkdorning ehsoni, javonmardning koʻmagi, qoʻying-ki, har kimning oʻz kasbiga sadoqati, masʼuliyatini his qilishi, xolis mehnati qoʻl jihodi deb baholanadi.

Demak, hadisdagi qoʻl bilan jihod qilish – jaholatni quvish yoʻlida ezgulik yaratish; til bilan jihod qilish – pand nasihat, vaʼzu irshod qilish; Qalb bilan jihod qilish – adolatsizlikni qalban yomon koʻrishni anglatadi.

Shuningdek, jihoddan boy va kambagʻal, mansabdor va fuqaro, kuchli va kuchsiz, olim va omi, ulamo va dindor, obid va taqvodor oʻrtasidagi huquq va majburiyatlarning adolat va tenglik asosida boʻlishiga erishish, sodda qilib aytganda Yaratgan nazdida hammaning teng ekanligi toʻgʻrisidagi gʻoyani yoyish koʻzlangan. Hadisda “Ey, insonlar! Parvardigoringiz yagonadir! Agar taqvoli (pok va xolis) boʻlmasa, arabning ajam (arab boʻlmagan millat)dan, ajamning arabdan, oq tanlining qora tanlidan, qora tanlining oq tanlidan ustun joyi yoʻq. Xudoning nazdida eng ulugʻ odam – taqvodor (xolis) odam” deyilgan.

Parvardigori olam “Ey, imon keltirganlar! Allohga sodiq boʻling, adolat bilan guvohlik bering. Birovlarni yoqtirmasangiz ham adolatsizlik qilmang. Adolatli boʻling. Adolat taqvoga yaqin. Allohdan qoʻrqing. Alloh qilib yurgan ishlaringizdan xabardor axir” (Moida, 8.) deya insonlarni adolat va xolislikka chorlagan:

Oʻsha davrdagi jamiyatda musulmon boʻlgan boylarga molining bir qismini zakot sifatida, musulmon boʻlmaganlarga molining bir qismini jizya (soliq) sifatida kambagʻal, beva-bechoralarga tarqatish buyurilgan. Talonchilik, poraxoʻrlik, tovlamachilik, sudxoʻrlik orqali tili, dini, millatidan qatʼi nazar birovlarning moliga koʻz olaytirish taʼqiqlangan. Chegaradan chiqqan – insonlarga zulm oʻtkazadigan, odamlarni xoʻrlaydiganlar dushman deb elon qilingan. Bu bilan adolat va tenglik tamoyillariga asos yaratilgan.

M.Nasriev, “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri, TII “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi

What you can read next

Расулуллоҳ алайҳиссалоту вассаломга дарахтларнинг бўйсуниши
Расулуллоҳ алайҳиссолату вассаломнинг узоқ масофада бўлаётган воқеалар ҳақида хабар беришлари
ЎЗБЕКИСТОН - БАҒРИКЕНГ ДИЁР
Ўзбекистон – бағрикенг диёр
ТУНЛАРНИ ИБОДАТ БИЛАН БЕДОР ЎТКАЗИШ
Нега айнан минг ойдан яхши?

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP