SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Mujtahidi mutloq
21.12.2024 / Bo‘limda Maqolalar

Mujtahidi mutloq

Imom Ibn Kamol Boshoning taqsimidagi birinchi eslatma shundan iboratki, u Imom Abu Yusuf va Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniy rohimahumallohlarni oʻzlarining imomlariga asosiy masalalarda taqlid qiluvchi mazhab ichidagi mujtahidlar qatoriga kiritgan. Bunga nisbatan olim Shihobuddin Marjoniy «Nazuratul-Haq» kitobida va Shayx Abdulhay Lakanaviy «Jomeʼus-Sagʻir»ning muqaddimasida hamda «Umdat ar-Rioya» kitobida qattiq eʼtiroz bildirgan. Ular imom Abu Hanifaning asosiy masalalariga qarshi chiqishlari oz emasligini taʼkidlaganlar

Shuningdek, olim Marjoniy izohlab, sohibaynlarga va Imom Zufarga nisbatan: «Ularning fiqhdagi oʻrni, agar Molik va Shofeʼiydan yuqori boʻlmasa ham, ular bilan tengdir. Bu mazhab tarafdorlari va muxoliflarining tillarida mashhur, ular «Abu Hanifa Abu Yusufdir» deyishadi. Yaʼni Abu Yusuf faqihlikda eng yuqori darajaga yetgan, degan maʼnoda.» deb aytgan.

Imom  Navaviy «Tahzib al-Asmo»da Abu Maʼali al-Juvaynidan shunday keltiradi: «Muzaniyning tanlagan har bir qarori mening nazarimda Shofiʼiy mazhabiga qilingan taxrij sanaladi, lekin Abu Yusuf va Muhammad kabi emas, ular asosiy masalalarda oʻz ustozlariga qarshi chiqishgan.»

Shuning uchun imom Laknaviy shunday deydi: «Haqiqat shuki, ular mustaqil mujtahidlar boʻlib, toʻliq ijtihod darajasiga yetganlar. Lekin ustozlariga boʻlgan hurmatlari va haddan tashqari ehtiromlari tufayli, asoslarini qabul qilgan va ularning mazhablarini yetkazganlar.»

Goʻyoki ularni mazhab ichidagi mujtahidlar emas, balki mazhabga tegishli mujtahidlar qatoriga kiritgan. «Mazhabga tegishli mujtahid» – ni Ibn Kamol Boshoning zikr qilmagan, lekin faqihlarning tabaqalarini zikr qilgan koʻplab ulamolar buni zikr qilgan. Lekin ular buni tasdiqlashda uchga boʻlinishgan: 

– Birinchisi: Lakanaviy zikr qilganidek, «mazhabga tegishli mujtahid» aslida mustaqil mujtahid boʻlib, na asosiy masalalarda, na farʼiy masalalarda hech kimga taqlid qilmaydi, lekin u oʻzini hurmat uchun ustoziga nisbatan ataydi.

   – Ikkinchisi: Navaviy Ibn Salohdan keltirganidek, u mustaqil mujtahiddir, lekin ijtihod yoʻlida oʻz ustoziga ergashgani uchun unga nisbatan ataydi. Abu Ishoq Isfaroiniydan shunday naql qilgan: «Ular Shofeʼiy mazhabiga taqlid qilib ergashishmagan. Balki uning ijtihod va qiyosdagi yollarini eng toʻgʻri yoʻl deb topishganlari uchun va ijtihoddan boshqa chora qolmagani uchun uning yoʻliga ergashganlar. Va Shofeʼiyning yoʻli orqali hukmlarni hal qilganlar.»

Abu Aliy Sinjiy ham shu kabi gapni zikr qilgan. U aytadi: «Biz Shofeʼiyning mazhabiga taqlid qilib emas, balki uning mazhabini eng toʻgʻri va odil yoʻl ekanligini koʻrganligimiz uchun ergashdik.”

Hosil gap shuki: Muntasib mujtahid alohida mazhab egasi hisoblanadi. Boshqa mujtahidga ergashishi esa faqatgina birinchi mujtahidning koʻp fikrlari ikkinchi mujtahidning fikriga toʻgʻri kelganligi uchundir. Asl va farʼlarda taqlid qilganligi uchun emas. Va mana shu fikr Ibn Saloh va Suyutiylarning fikridir.

Imom Suyutiy aytadi: «Mustaqil va mutloq mujtahidning oʻrtasida xoslik va umumiylik bor. Har bir mustaqil mutloqdir, lekin har bir mutloq mustaqil emas.»

– Uchinchi qarash: Shayx Abdulvahhob Shaʼroniy zikr qilgan: «Toʻliq ijtihod daʼvo qilganlarning (mutaaxxir zamondagi ergashilgan imomlar) barchasi aslida mustaqil boʻlmagan mujtahid boʻlib, ular ustozlari qoida va asoslaridan chiqmaydilar, huddi Imom Ibn Qosim va Asbagʻning Imom Molikga, Imom Muhammad va Imom Abu Yusufning Imom Abu Hanifaga, Muzaniy va Robi’ Imom Shofeʼiyga taqlid qilgani kabi.»

Bu gap Shayx Shaʼroniy muntasib mujtahidni asosiy masalalarda imomiga taqlid qiluvchi shaxs deb biladi, va uning holi Ibn Kamol Bosho zikr qilgan mazhabdagi mujtahidning holi kabidir, degan maʼnoni bildiradi. Lekin Shaʼroniy rohmatulloh alayhi uni mujtahidi mutloq qilgan. Ehtimol, uning murodi shayx Valiyulloh Dehlaviy «Insof»da zikr qilgandek muntasib mujtahid mutloq va mazhabdagi mujtahidning oʻrtasidagi martabadir. 

Shayx Valiyulloh Dahlaviy shunday deydi: «Soʻngra bilki, bu mutloq mujtahid baʼzan mustaqil boʻladi, baʼzan esa mustaqil mujtahidga muntasib boʻladi. Mustaqil mujtahid boshqalardan uch xususiyat bilan ajralib turadi». (Bu narsa Shofeʼiyda yaqqol koʻrinib turadi)

Birinchisi: U fiqhning asosiy masalalari va qoidalarida mustaqil ijtihod qilishi, huddi bu «Al-Umm» asarining boshida aytilgani kabi.

Ikkinchisi: U hadislar va rivoyatlarni toʻplaydi, ularning hukmlarini chiqaradi va fiqh hukmlarini ulardan olish yoʻllarini koʻrsatadi. Turli xil rivoyatlarni yigʻib, ularning baʼzisini boshqalaridan tarjih qiladi, hamda muhtamal boʻlgan maʼnolarni ochib beradi.

Uchinchisi: U ilgari hal qilinmagan yangi masalalarga javob beradi. Va bu masalalarga javoblar oldin berilmagan boladi.

Toʻrtinchi xususiyati: Unga osmondan qabul tushadi, yaʼni uning ilmiy qarorlari ummat tomonidan qabul qilinadi.

Muntasib mujtahid mutloq esa: Birinchi xususiyatda mustaqil boʻlmagan muqtadiy, ikkinchi xususiyatga ega boʻlgan kishidir.

Kamoliddin MIRZAYEV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Таълим олувчининг одоби (1-қисм)
Илм ўрганиб ўргатганнинг фазли
Расулуллоҳнинг издошлари: Абу Бакр Сиддиқ (р.а.)
Абу Бакр розияллоҳу анҳунинг шижоатлари
Шайх Муҳаммадсодиқ Муҳаммадюсуф хотирасига эҳтиром
Шайх Муҳаммадсодиқ Муҳаммадюсуф хотирасига эҳтиром

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP