SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida vijdon erkinligi va diniy islohotlarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
21.05.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida vijdon erkinligi va diniy islohotlarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

“May – Vijdon erkinligi va diniy islohotlar targʻiboti” oyligi doirasida Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida mazkur yoʻnalishda muhim maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi S.Saidakramov kirish soʻzi bilan tadbirni boshlab berdi. U oʻz nutqida yurtimizda amalga oshirilayotgan diniy sohadagi keng qamrovli islohotlar, fuqarolarning eʼtiqod erkinligini taʼminlash borasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari haqida qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Xususan, S.Saidakramov mamlakatimizda yoshlarning ongida sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida maʼlumot berdi.
Shundan soʻng soʻz Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti “Davlat va din nazariyasi” hamda “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” fanlari oʻqituvchisi Qurbonov Bekjon domlaga berildi.
Ustoz Qurbonov Bekjonning maʼruzasi “Yurtimizdagi diniy islohotlar va vijdon erkinligiga oid masalalar” mavzusiga bagʻishlandi.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida vijdon erkinligi va diniy islohotlarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. (1)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida vijdon erkinligi va diniy islohotlarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. (2)

Maruzachi oʻz chiqishida mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilgan diniy islohotlar, fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash borasidagi konstitutsiyaviy asoslar va buning amaliy natijalari haqida ilmiy-nazariy asoslangan tahlillarni bayon etdi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddasida har bir fuqaro vijdon erkinligiga ega ekani, yaʼni har bir inson oʻz diniy eʼtiqodiga ega boʻlish yoki boʻlmaslik huquqiga egaligi huquqiy kafolatlanganiga alohida urgʻu berildi.
Shuningdek, B.Qurbonov diniy tashkilotlarning qonuniy asosda faoliyat yuritishi, diniy taʼlim muassasalarining erkinligi, imom-xatiblar va boshqa diniy ulamolar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ham faktlar asosida soʻz yuritdi.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida vijdon erkinligi va diniy islohotlarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. (3)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida vijdon erkinligi va diniy islohotlarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. (4)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida vijdon erkinligi va diniy islohotlarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. (5)

Maʼruzada “Yangi Oʻzbekiston” islohotlarida diniy erkinlik va bagʻrikenglik tamoyillari alohida oʻrin egallayotgani, bu esa jamiyatda oʻzaro hurmat, totuvlik va barqarorlikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar, xususan talabalar tomonidan maʼruzaga oid savollar berildi, mavzuga doir fikr-mulohazalar bildirildi va qizgʻin ilmiy-muloqot shakllandi.
Mazkur tadbir ilmiy va maʼnaviy mazmuni bilan ishtirokchilarda yurtimizdagi diniy erkinlik siyosati, davlat va din munosabatlarining zamonaviy talqini, fuqarolik jamiyatida vijdon erkinligining oʻrni boʻyicha chuqur tushunchalar uygʻotdi.

Bilim yurtining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi S.Saidakramov

What you can read next

Jorj Oruellning “1984” romani oʻqildi
Jorj Oruellning “1984” romani oʻqildi
Қуръон билан даволанинг
Қуръон билан даволанинг
Ислом ўзаро ёрдам дини
Ислом ўзаро ёрдам дини

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP