


“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida taʼlim jarayonlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish, dars mashgʻulotlari sifatini yanada oshirish hamda pedagoglarning oʻquv jarayonidagi faoliyatini takomillashtirish maqsadida tegishli oʻrganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur jarayon davomida Oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari N. Jalolov hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish sektori bosh mutaxassisi S. Saidakramov tomonidan dars mashgʻulotlarining tashkil etilishi, oʻquv mashgʻulotlariga tayyorgarlik holati, darsning belgilangan oʻquv dasturi va taʼlim standartlariga muvofiqligi hamda pedagog tomonidan dars jarayonining samarali olib borilishi oʻrganildi.
Shuningdek, dars boshlanishidan avval pedagoglar bilan dars mashgʻulotlarini toʻgʻri tashkil etish, darsning maqsad va vazifalarini aniq belgilash, mavzuni oʻquvchilarga tushunarli va izchil yetkazish, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish hamda oʻquvchilarning darsdagi faolligini oshirish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Oʻrganish davomida dars jarayonlarida uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklar ham aniqlanib, ularning kelib chiqish sabablari hamda bartaraf etish yoʻllari muhokama qilindi.
Jumladan, dars vaqtining samarali taqsimlanishi, mavzuning amaliy jihatdan yoritilishi, oʻquvchilar bilan individual ishlash, savol-javob va mustahkamlash jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish, darsning yakuniy qismida oʻquvchilarning mavzuni oʻzlashtirish darajasini aniqlash kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan pedagoglarga amaliy tavsiyalar berilib, kelgusida dars mashgʻulotlarini yanada mazmunli, tizimli va samarali tashkil etish, oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirish hamda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Mazkur oʻrganish va tushuntirish ishlari bilim yurtida taʼlim jarayonining sifat va samaradorligini oshirish, dars mashgʻulotlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish hamda pedagoglarga metodik jihatdan amaliy koʻmak koʻrsatishga qaratildi.
Taʼlim sifatini nazorat qilish sektori bosh mutaxassisi S.Saidakramov
Taʼlim sifatini nazorat qilish sektori bosh mutaxassisi S.Saidakramov






