34. Savol: Roʻzadorning behush boʻlishi hukmi nima?
Javob: Roʻzani niyat qilgan kishi behush boʻlib qolsa, bu holat bir necha kun davom etadigan boʻlsa, niyat qilgan kunining roʻzasi durust boʻladi ammo qolgan kunlarning qazosini Ramazon oyidan keyin tutib berishi kerak boʻladi.
36. Savol: Roʻzadorning koʻziga tomchi dori tomizishi hukmi nima?
Javob– Roʻzador koʻziga tomchi dori tomizishi roʻzani buzmaydi, agarchi uning tamini tomogʻida sezsa ham, chunki koʻzda oshqozonga oʻtadigan yoʻl yoʻqdir. Ammo shunday boʻlsa-da, koʻzga tomiziladigan tomchi dorilarni imkon qadar saharlik qilishdan oldin va ogʻiz ochgandan keyin tomizish tavsiya qilinadi. Bordiyu dorini roʻzador holida tomizish shart boʻlsa, u holda dorini tomizaveradi va ehtiyotan Ramazondan keyin dori tomizgan kunlar qazosinni tutib beradi.
37. Savol: Roʻzadorning quloq va burunga tomchi dori tomizishi hukmi nima?
Javob: Roʻzador quloq va buruniga tomchi dori tomizishi roʻzani buzadi, chunki ulardan oshqozonga boradigan yoʻl bor.
38. Savol: Ramazonning kunduzida burundan kelgan qon roʻzaga taʼsir qiladimi?
Javob: Ramazonning kunduzida burundan kelgan qon roʻzani sahihligiga taʼsir qilmaydi, lekin undan maʼlum bir qismi roʻzadorning oshqozoniga ketsa yoki qasddan yutsa roʻza buziladi va oyning hurmati eʼtiboridan kunning qolgan qismida tiyilishi lozimdir. Ramazon oyidan soʻng oʻsha kunning qazosini tutib beradi.
39. Savol: Ramazon oyi kunduzida xushboʻy hidlar, isiriqlar, atirgullar va boshqa yoqimli hidga ega boʻlgan oʻsimliklardan foydalanish hukmi nima?
Javob: Mazkur narsalar roʻzani buzuvchilar qatoriga kirmasa-da, ularda nafsga rohat beradigan hidlar boʻlgani sabab ulardan foydalanmaslik sunnatdir. Ammo isiriq va segaret tutaqilarini qasddan yutadigan boʻlsa roʻza buziladi.
40. Savol: Roʻzadorning nafas olish (kislorod) uskunasidan foydalanishi roʻzani buzadimi?
Javob: Mazkur jihozni roʻzador holda ishlatish roʻzaga taʼsir qilmaydi, chunki kislorod havoning oʻzginasidir, ammo unga bobiror modda qoʻshiladigan boʻlsa, roʻzani ochadi.
41. Savol: Tish oldirish roʻzani buzadimi?
Javob: Tish olishning oʻzi roʻzaga taʼsir qilmaydi, lekin oshqozonga dori, suv yoki qon kirsa, roʻza buziladi. Mazkur holdagi kishiga oyning hurmati eʼtiboridan kunning qolgan qismida yeyish, ichish va roʻzani buzadigan boshqa narsalardan tiyilishi va oʻsha kunning qazosi lozim boʻladi. Agar iloji boʻlsa tish oldirishni Ramazondan keyinga qoldirish maqsadga muvofiqdir.
42. Savol: Roʻzador odamning misvok ishlatish hukmi nima?
Javob: Roʻzadorning misvok ishlatishi, misvok xoh quruq boʻlsin, nam boʻlsin zarari yoʻq. Zavoldan oldin ishlatadimi, keyinmi baribiz roʻzaga zarar yetmaydi.
43. Savol: Roʻzador odamning tish pastasini ishlatishi hukmi nima?
Javob–Roʻzador odamning tish pastasini ishlatishi, agar undan biron narsa oshqozonga yetib bormaganini aniq bilsa, zarar qilmaydi, lekin makruh boʻladi. Uni bomdod vaqtidan avval yoki iftorlik qilgandan soʻngra ishlatish maqsadga muvofiq boʻladi.
44. Savol: Tish milki qonaydiganlar roʻzada nima qilishi kerak?
Javob: Roʻzador kishining tish milklari qonasa, qoni ketgunga qadar tupugini chiqarishi kerak boʻladi va soʻngra ogʻzini suv bilan chayib yuboradi. Qonni ichiga yutmaydi.
Roʻzaga oid mazkur savol-javoblar, Iordaniya bosh fatvo boshqarmasida tayyorlangan. (davomi bor)
Mirzaev Kamoliddin





