SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Iyjobga qabulning zimnan muvofiq boʻlishi
16.11.2023 / Bo‘limda Fiqh, Maqolalar

Iyjobga qabulning zimnan muvofiq boʻlishi

Savdoda baʼzi holatlarda iyjobni qabul zimnan oʻz ichiga qamrab olib, bu holat savdo bitimini yuzaga kelishiga kifoya qiladi. Masalan: sotuvchi tarafidan “mana bu kiyimni yuzga sotdim” deyilsa, xaridor “uni yuz oʻnga qabul qildim”desa, savdo sotuvchi aytgan yuzga bogʻlanadi. Chunki xaridor tarafidan boʻlgan qabul yuzni qamrab olsada, yuzdan ziyodasini berish xaridorga vojib boʻlmaydi. Ammo sotuvchi majlis oʻzgarmasdan turib, xaridor aytgan ziyoda miqdorni qabul qilsa, savdo bogʻlanib xaridor oʻzi aytgan pulni berish kerak boʻladi. Bu holatda sotuvchining avvalgi aytgan iyjob oʻrnidagi gapi bekor boʻlib, xaridorning gapi iyjob sotuvchining ikkinchi gapi qabul boʻladi.

Shuningdek, xaridor “bu kiyimni yuz oʻnga sotib oldim”desa, sotuvchi undan kam miqdordagi pulni aytadigan boʻlsa, mana shu kamiga savdo bogʻlanaveradi.

Bu hukmni quyidagi holatda ham joriy qilsa boʻladi. Xaridor tarafidan sotuvchi iyjob qilgan mazkur pulning jinsidan boshqasi aytilsa ham savdo boʻlishiga kifoya qiladi. Masalan: sotuvchi “bu  kiyimni senga yuz ming soʻmga sotdim” desa, xaridor “uni yuz ming va besh dollarga oldim” deydi. Mana shu holatda, besh dollar ziyodasini xaridorga berish vojib emas. Ammo shu majlisning oʻzida sotuvchi uni qabul qilsa, ziyoda miqdorni ham berishi kerak boʻladi.

Ammo iyjob qilingan mazkur pul bilan qabulda aytilgan pulning jinsini orasida tamomila farq boʻlsa, muvofiqlik boʻlmagani uchun savdo bitimi boʻlmaydi. Misol uchun sotuvchi “bu kiyimni senga bir million soʻmga sotdim” desa, xaridor “toʻqson dollarga oldim” dedi. Bu holatda toʻqson dollar, bir milliondan koʻp yoki kam boʻlsin farqi yoʻq, chunki dollar bilan soʻmning orasida farq bor, sotuvchi soʻmni xohlayapti dollarni emas. Bu esa savdodagi iyjob va qabulning orasida muvofiqlik yoʻqligini bildiradi.

Mirzaev Kamoliddin. “Fiqhul buyu” kitobidan tarjima qilindi.

What you can read next

Имон ва амал масаласида сохта салафийларга раддия
Имон ва амал масаласида сохта салафийларга раддия
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга уммат   бўлиш энг улуғ неъмат
Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламга салавот айтиш
Alloh taoloning adolati, fazli va qudrati (4-qism) Allohning buyuk fazli va ixlos

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP