15-noyabr kuni «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti «Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi» boshligʻi A.Gʻaniyev va talabalar Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasiga qarashli fotochilar uyida tashkil etilgan, yurtimizdagi bagʻrikenglik munosabatlari aks ettirilgan fotosuratlar koʻrgazmasida ishtirok etdilar.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu taqdimot 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab, joriy yilning 13–19-noyabr kunlari Respublikaning barcha hududida “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu koʻrgazmaga yurtimizda faoliyat yuritayotgan turli diniy konfessiyalar va madaniyat markazlarining vakillari tashrif buyurdilar.


“Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida boʻlib oʻtayotgan tadbir xalqlarimiz orasidagi doʻstlik rishtalarining rivoj topishiga, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasizdir.



A.Gʻaniyev
Koʻkaldosh OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi boshligʻi





