SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi
15.09.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi

Bugun, Toshkent shahar boshimom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islombilim yurtiga tashrif buyurdilar. Tashrif chogʻida bilim yurtining faoliyati,taʼlim-tarbiya jarayonlari va oʻquv xonalari bilan tanishdi, shuningdek, ustozlar va talabalar bilan muloqotda boʻldi. Tadbirni bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Mamurjon domla Erkayev ochib berib, tadbirga yigʻilgan talabalarga tashrif buyurgan mehmonni tanishtirdi va bu tashrifning ahamiyati haqida qisqacha soʻz yuritdi. Soʻngra domla Abduqahhor domla Yunusovga soʻz navbati berildi. Abduqahhor domla Yunusov oʻz nutqini yoshlarga samimiy duolar va ezgu tilaklar bilan boshladilar. Maruzada bugungi kunda ilm olishning naqadar muhimligi, ayniqsa islomiy bilimlarni egallashda ixlos va sabr-bardosh zarurligi alohida taʼkidlandi.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi (1)
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi (2)
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi (3)

Domla oʻz maruzalari daquyidagilarga toʻxtalib oʻtdi:
Ilmning fazilati: “Kimki ilm yoʻlida yuribdi, u jannat sari yoʻl yuribdi” degan hadisisharif asosida, ilm olishni eng ulugʻ ibodatlardan biri sifatida tushuntirdilar.
Zamonaviy dunyoda islomiybilimlarning oʻrni: Bugungi globallashuv davrida yurtimizning maʼnaviy mustahkamligi, yoshlarning sogʻlom dunyoqarashi va diniybilim bilan qurollangan boʻlishi zarur ekanligi haqida soʻz yuritdilar.
Yoshlarning maʼsuliyati: Har bir talaba nafaqat oʻzining, balki butun jamiyatning kelajagi uchun javobgar ekani, ular ertangi kunning imom-xatiblari, muftiylari, domlalari boʻlishi mumkinligi, shuning uchun hozirdanoq masʼuliyat bilan harakat qilishlari zarurligini uqtirdilar.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi (4)
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi (5)
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi (6)

Vatanga muhabbat: Ilm olishning yakuniy maqsadi yurt ravnaqi va xalq farovonligiga xizmatqilish ekani qayd etildi. Yoshlarni Vatanga sadoqatli, halol, eʼtiqodli va fidoyi insonlar boʻlib ulgʻayishlariga chaqirdilar. Shuningdek, domla oʻz hayotiy tajribalari, ilm yoʻlidagi bosib oʻtgan mashaqqatlari, ustozlaridan olgansaboqlari haqida ham samimiy tarzda soʻzlab, talabalarga chuqur motivatsiya bagʻishladilar.Tadbir soʻngida Abduqahhor domla Yunusov muqaddam “Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlanganliklari eʼtirof etildi. Shu munosabat bilan “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtining jamoasi nomidan domlaga tabriknoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi (7)
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi (8)
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi (9)

Mazkur tashrif va maʼrifiy suhbat talabalar va ustozlar uchun katta ruhiy-maʼnaviy ragʻbat boʻldi. Ulardomlaning ibratli nasihatlaridan chuqur taassurot oldilar va kelgusida yanada intilish bilan ilm olishga chorlandilar.

SaidAzimxon Saidakramov
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchisi

What you can read next

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг қорилари
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг қорилари
Масжидул Ҳарам тепасида дунёдаги энг катта соябон ўрнатилади
Масжидул Ҳарам тепасида дунёдаги энг катта соябон ўрнатилади
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида Махсус курснинг илк машғулоти бўлиб ўтди
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида Махсус курснинг илк машғулоти бўлиб ўтди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP