SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Soxta salafiylar salafi solihlarning eʼtiqodidami!?
15.03.2023 / Bo‘limda Aqida, Maqolalar

Soxta salafiylar salafi solihlarning eʼtiqodidami!?

Hozirda yangi paydo boʻlgan soxta salafiy(vahhobiy)lar toifasi Imom Tabariyni oʻzlarining olimlari deb sanashadi va aqidaga oid dalillarini ushbu imomning asarlaridan keltirishadi. Haqiqatdan ham shundaymi, buni biz quyida Imom Tabariyning asarlaridan iqtiboslar keltirib bilib olamiz. “Tafsir-ut Tabariy” nomli kitoblarida Baqara surasining 29-oyatining tafsirida:

وأوْلى المعاني بقول الله جل ثناؤه: » ثم استوى إلى السماء فسوَّاهن «، علا عليهن وارتفع، فدبرهنّ بقدرته، وخلقهنّ سبع سموات

“Eng munosib beriladigan maʼno bu ularga oliy va yuqori boʻldi va Oʻz qudrati bilan tadbir qildi va ularni yetti qat osmon qildi”, deydilar.Soʻng soʻzlarida davom etib, ushbu maʼnoga “Agar yuqori boʻldi deyilsa, demak, Alloh taolo ilgari pastda boʻlganligi kelib chiqadi,” deb eʼtiroz bildirgan kishining bahsini keltiradilar va oʻsha bahsning oxirida:

فقُلْ: علا عليها علوّ مُلْك وسُلْطان، لا علوّ انتقال وزَوال

“Mulk va egalik oliyligi bilan oliy boʻldi, bir joydan koʻchish va (zavol) uzoqlashish oliyligi emas, deb ayt”, deydilar”

Ammo zamonamiz salafiylar olimlaridan biri Abdurahmon Ibn Nasr Al-Barrok “Fathul Boriy”ga bergan izohida: “Ahli sunna Kitob va sunnatda kelgan narslar bilan (Alloh taologa) harakat, kelish, tushish, yaqinlashish, koʻtarilish jinsidan iborat narsalarni isbot qilishga ittifoq qilishgan,” deb izoh keltirgan. Bu izoh albatta Alloh taologa maxluqotlarini sifatini isbot qilishdan boshqa narsa emas hamda ahli sunna valjamoaning tanzih eʼtiqodiga ochiqchasiga xilof hisoblanadi.

Salafiylarning yana bir olimi Abdulloh Al-Gʻunayman esa Tabariyning ushbu munosib taʼviliga “Sahihul Buxoriy”ning sharhida (1/360 bet): “Bu gapni gapirish lozim boʻlmaydi, chunki bu ahli bidʼatlarning kalomining jinsidan (sirasidan)dir hamda bu gap sharʼiy nasslarga xilof boʻlib, balki bu botil taʼvildandir”, deb izoh yozgan.

Rustam Oxunjonov tayyorladi
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi matbuot kotibi

What you can read next

“Буюк мутафаккирларимиз ижодий меросининг ёшлар маънавиятидаги аҳамияти”
“Буюк мутафаккирларимиз ижодий меросининг ёшлар маънавиятидаги аҳамияти”
Исломий биродарлик ва мусулмоннинг ҳақлари
Исломий биродарлик ва мусулмоннинг ҳақлари
Расулуллоҳ алайҳиссалоту вассаломга дарахтларнинг бўйсуниши
Расулуллоҳ алайҳиссалоту вассаломга дарахтларнинг бўйсуниши (2)

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP