SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
MUSULMONLARNI SHUBHAGA SOLUVCHI ATEISTLARNING MANTIQSIZ SAVOLI
14.07.2022 / Bo‘limda Maqolalar

Musulmonlarni shubhaga soluvchi ateistlarning mantiqsiz savoli

Allohni kim yaratgan?!

Bu moziy va bugunning savolidir.

Bu koʻp marotaba takrorlanadigan va katta-yu kichik soʻraydigan savoldir.

Bunga javob berishdan oldin, Sizga bir savol bersam:

Xoʻroz bir kunda nechta tuxum qoʻyadi?

Xoʻroz bir kunda nechta tuxum qoʻyadi?

Mantiqsiz savol, shunday emasmi? Chunki, xoʻroz tabiatan tuxum qoʻymaydi. Demak bu yerdagi chalkashlik va tushunmovchilik javobda emas, bilaks savolning oʻzida ekan.  «Xoʻroz bir kunda qancha tuxum qoʻyadi?» degan savol aslida notoʻgʻri va boʻlmagʻur boʻlib, unga javob berishga layoqatsizdir.

Yana boshqa bir misol: “Menga ham toq va ham  juft boʻlgan sonni ayting”. Toq sonlarni bilami, juft sonlarni ham bilamiz. Lekin qanday qilib bir son ham toq va ham juft son boʻlishi mumkin??? Javob topaman deb qiynalib oʻtirmang, chunki bu savolning oʻzi bemani savol.

Xuddi shunday «Allohni kim yaratgan?» savolida ham xato va chalkashishlik bor. Bu savolning asli oʻzi notoʻgʻri.

Alloh butun borliqni yaratuvchisidir. Endi qanday qilib U Zot bir vaqtning oʻzida ham yaratuvchi ham yaratilgan boʻlsin?! Farazan mana shu yaratuvchining yaratuvchisi boʻlsa demak, biz aytayotgan yaratuvchi aslida haqiqiy yaratuvchi boʻlmaydi.

Mana shu mantiqiy xato savolni ateist va sekularistlar tinmay beraveradilar va musulmonlardan bunga javob kutadilar.

Masalan, bugungi kunda ateistlar namoyondalaridan biri Stiven Hoking oʻzining «Vaqtning muxtasar tarixi» kitobida mana shu kabi savollarni oʻrtaga tashlaydi.

 Bu goʻyo «Aylanada nechta burchak bor?», degan bemaza savolga oʻxshaydi.  Axir aylanada qachon burchak boʻlsa u aylanaligini yoʻqotadi, burchaklarga ega shakl esa aylana boʻla olmaydi.

Allohni kim yaratgan? Degan savol ham ana shunday bemani savoldir. Bunday savollar chalgʻituvchi savollar boʻlib, javob berishga nomunosibdir.

Yana bir misol: «Nonni kim yopadi?» deb soʻralsa, albatta «Nonvoy» deb javob beriladi. Endi «Nonvoyni-chi? Uni kim yopadi?» deyiyishimiz mumkin-mi? Chunki “yopilish”, “pishirilish” sifati non va xamirga oʻxshash narsalarga xos sifat boʻlib, uni odam zotiga nisbatan qoʻllab boʻlmaydi. Demak, “Nonvoyni kim yopadi”, degan savolni oʻzi muammoli savol.

Huddi shunday baʼzilar «inson kim tarafidan yaratilgan, kim uni yoʻqdan bor qilgan», degan oʻrinli savolni eshitadilar va ayni savolni Yaratgan Zotga nisbatan qoʻllashga kirishib ketadilar. Modomiki insonga nisbatan bu savolni bersa boʻladimi? Demak, uni Yaratuvchisiga ham berish mumkin, deb oʻylaydilar. Bu esa mutloqo notoʻgʻri fikrdir.

Agar bu savl oʻrinli boʻlganida, “nonvoyni kim yopgan, uni kim pishirgan”, kabi savol ham oʻrinli boʻlishi kerak edi. Oʻylaymanki, endi hammasini tushunib oldingiz.

Keling, ana shu boʻlmagʻur savol bilan ozgina yurib koʻramiz. Yoʻqdan bor qilgan Zotning ham yaratuvchisi bor”, deb faraz qilamiz.

Savol: «Yaratuvchi Zotni kim yaratgan?»

Javob: «boshqa Yaratuvchi».

Savol:  «unda uni kim Yaratgan?»

Javob: «uni yana bir boshqa yaratuvchi yaratgan».

Savol: «unda Yaratuvchining yaratuvchisini yaratganni yaratgan kim?»

Javob: «yana undan boshqa bir yaratuvchi».

shu zayl hech ham tugamaydigan savol-javobga qarab ketaveramiz. Bu narsa esa «tasalsul» yaʼni azalda chek-chegarasiz, mavjudotlarni zanjir kabi birin ketin davom etishiga oli boradi.

Barcha ulamolar shunga ittifoq qilganlar-ki, Tasalsul botil-yaʼni besamar jarayondir. Imom Al-Haramayn Juvayniy (r.a) aytganlaridek: «Nima tasalsul boʻldi, baʼri besamar boʻldi”.

Qaysi bir narsada tasalsul boʻlar ekan oʻz-oʻzidan undan bir maqsadga yetib boʻlmaydi.

Hohlasangiz bu amaliyotni sizga sodda qilib tushuntirib beraman:

 Tasavvur qiling biz davlat idorasidamiz. Masʼul shaxsdan bir hujjatga imzo chekishni soʻrayapmiz. U bizga «uzr, men bu hujjatga rahbarim ruxsat bersagina imzo cheka olaman», dedi.

Xob, deb xodimni rahbariga bordik. Undan imzo chekishni soʻrasak, u ham «men bu hujjatga to rahbarim ruxsat bermagunicha imzo cheka olmayman», dedi.

Uning ham rahbariga bordik. U ham «toki rahbarim…», dedi.

Uning rahbari ham «toki rahbarim…» dedi. Biz oxir ulardan: “bu zanjirni oxiri-poyoni bormi?”, deb soʻrasak, ular: “yoʻq, bu holatni umuman chegrasi yoʻq, ana shunday boʻlib benihoya davom etib ketaverasilar”, deyishsa, nima deb oʻylaysiz? Biz bu hujjatga imzo qoʻydira olamizmi? Yoʻq, aslo. Poyoni yoʻq narsa ortidan quvilmaydi-ku axir.

Unda nima qilmoq kerak?

Buni yechimi shuki, bu oʻrinda hech kimdan ruxsat olmay imzo cheka oladigan  bir rahbar boʻlishi kerak, ana oʻsha oʻzi imzo chekish huquqiga ega boʻlib, hech kimdan izn soʻrashga hojati yoʻq boʻlsin. Yaʼni rahbari yoʻq rahbar.

Ammo bir rahbar boshqa bir rahbarga u esa yana boshqa bir rahbarni suyanib, bu holat benihoya davom etadigan boʻlsa, bu amaliyotdan biror natija bian chiqib boʻlmaydi.

Tasalsul ana shunday xato jarayon boʻlib, qaysi masala bunga tayanadigan boʻlsa, u masala xato masala hisoblanadi.

Xulosamiz:

Birinchidan: «Yaratuvchini kim yaratgan?» degan savolimiz mantiqan notoʻgʻri va gʻirt xatodir. Bunday savol berish xuddi «Xoʻroz nechta tuxum qoʻyadi?», degandey gapdir.

Ikkinchidan «yaratilgan boʻlish» yaralmishlarga xos sifat boʻlib buni Yaratuvchi Zotga nisbatan qoʻllashlik mantiqan toʻgʻri emas ekan.

Vassalamu alaykum va rohmatulloh!

Aliakbar Abdullayev Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi mudarrisi

What you can read next

Умар ибн ал-Хаттоб розияллоҳу анҳунинг бир неча оятларга мувофиқ айтган гаплари
Умар ибн ал-Хаттоб розияллоҳу анҳунинг бир неча оятларга мувофиқ айтган гаплари
“Меҳр-мурувват карвони” Хоразмда
“Меҳр-мурувват карвони” Хоразмда
Қорилар мусобақаси бугун Сурхондарёда
Қувайтда халқаро Қуръон мусобақаси бошланади

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP