SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Bad'ul amoliy
13.08.2026 / Bo‘limda Aqida, Maqolalar

Moturidiyya aqidasining beqiyos manbai: Sirojiddin Oʻshiy va uning “Badʼul Amoliy” asari

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Ahli sunna val jamoa mazhabi ulamolari musulmonlar ommasiga sof Islom aqidasini yetkazishda xormay mehnat qilib, oʻz asarlari bilan Islomiy kutubxonasini boyitishga hissalarini qoʻshib kelmoqdalar. Bu muhtaram zotlar oʻz kitoblarida moʼmin-musulmon kishi eʼtiqod qilishi lozim boʻlgan Alloh, paygʻambarlar, ilohiy kitoblar, qiyomat kuni, qazo va qadar, farishtalar kabi koʻpgina aqida asoslari bilan birga, turli sabablarga koʻra keyinroq paydo boʻlib, tortishuvga sabab boʻlgan xilofat, valoyat, shafoat kabi masalalarni ham bayon qilib berganlar.

Aqida masalasi muhim boʻlgani, bu masalada moʼmin-musulmonlarni adashtirishga urinishlar koʻp boʻlganligi sababli aqida ilmining musulmonlarga dars qilib oʻqitilishi yoʻlga qoʻyildi. Har bir musulmon yaxshi oʻzlashtirib, iloji boʻlsa yodlab olishi lozim boʻlgan muxtasar matnlar bitildi. Aynan shu yoʻl bilan musulmonlar ommasi aqidasini sof  holda ushlab turishga harakat qilindi. “Badʼul amoliy” nazmiy bayoni aqida borasida Ahli sunna val-Jamoa mazhabi tan olgan matnlarning еng ahamiyatga moliklaridandir.

Muallif haqida

“Badʼul amoliy” asari muallifi Sirojiddin Oʻshiy rahmatullohi alayh moturidiya mazhabidagi mashhur ulamolardan hisoblanadi. Manbalarda Fargʻoniy, Hanafiy, Moturidiy deya eʼtirof etilgan ushbu zotning ismi sharifi Sirojiddin Ali ibn Usmon Oʻshiy boʻlib, oʻsha vaqtlarda Fargʻona oʻlkasiga qarashli boʻlgan Oʻsh shahrida hijriy  besh yuzinchi yillar atrofida tugʻilgan. Tugʻilgan yili aniq emas. Oʻshiy rahmatullohu alayh koʻplab ilmlar boʻyicha peshqadam olim boʻlib bu asarlarida nazmiy uslub alohida oʻrin tutgan. Manbalarda  shayh, imom, qozi kabi unvonlari aytilgan. Ilm darajalarining yuqori boʻlgani yozgan asarlarida ham bilinib turadi. Bu zotning turli mavzularga oid koʻplab asarlari boʻlgan:

  1. “Fatavoi Sirojiya” (Sirojiddinning fatvolari). Bu asar koʻplab fiqhiy mushkul masalarning yechimiga bagʻishlangan hanafiya mazhabiga oid kitob hisoblanadi.
  2. “Gʻurorul axbar va durorul ashʼar” (tanlangan xabarlar va durdona sheʼrlar). Bu asarda asosan Allohning azobidan qoʻrqitish va rahmatidan umidvor qilish maʼnosidagi turli mavzularga oid hadis jamlangan. Bu asardagi hadislar “ Sahihul Buxoriy”, “Jomeut Termiziy” va “Firdavsul axbor” kabi kitoblardan terib olingan.
  3. “Nisobul axbar litazkirotil axyor fi ahadisi nabiyyil muxtor” (Ixtiyor qilingan Paygʻambarning hadislari toʻgʻrisida yaxshi kishilarga bildirish yoʻlidagi xabarlarning asosi). Bu kitob  “Gʻurorul axbar va durorul ashʼar” kitobining muxtasari, yaʼni undan qisqartirib olingan kitob hisoblanadi.
  4. “Savoqibul axbar” (oʻtkir xabarlar)
  5. “Muxtalafur rivaya” (rivoyatlarning turlari). Bu kitob Abu Xafs Umar Nasafiyning “Manzumatul Xilofiyot” ( Munozaralar haqidagi manzuma) asari sharhi boʻlib, oʻnta bobga ajratilgan. Birinchi bobda  Imom Aʼzamning qavli, ikkinchi bobda imom Abu Yusufning qavli, uchinchi bobda imom Muhammadning qavli, toʻrtinchi bobda imom Aʼzam va imom Abu Yusuf larning qavli, beshinchi bobda  imom Aʼzam va imom Muhammadlarning qavli, oltinchi bobda imom Abu Yusuf  va imom Muhammadlarning qavli, yettinchi bobda barchalarining qavli, sakkizinchi bobda imom Zufarning qavli, toʻqqizinch bobda imom Shofiyning qavli va oʻninchi bobda imom Molikning qavli jamlangan. Ulamolar bu asarning baytlari ikki ming olti yuz oltmish toʻqqizta, deganlar.
  6. “Badul amoliy” ( qalbdan yozishlar muqaddimasi) . Ushbu asar “ Yaqulul abdu” va “Qasidatul lomiya” nomlari bilan ham mashhur boʻlgan. “Yaqulul abdu” nomi asarning birinchi bayti tufayli tarqalgan boʻlsa misralari lom harfi bilan tugallanib yozilgani uchun “Qasidatul lomiya”, yani “ Lomlik qasida” deb, ham nomlangan. Asar qisqa boʻlishiga qaramasdan, undagi eʼtiqodiy masalalar moturidiyya  mazhabiga koʻra loʻnda tarzida bayon etilgan, keng qamrovli asar hisoblanadi. “Badul amoliy” asari hijriy 569-yilda yozib tugallang Oʻshiy rohmatullohi alayhning qachon vafot etgani haqida ikki xil mashxur qarash mavjud:

1.Hijriy569-yida;                                                                                  

2. Hijriy575-yilda;                                                                                                  

Aksar ulamolar Oʻshiy rohmatullohi alayhni hijriy 575 yilda vabo kasaliga chalinib vafot etgan, deyishgan.[1]

“ Badʼul amoliy” asarining turli nusxalari va ularning sharhlari

“Badʼul amoliy” asarining turli nusxalari orasida kam boʻlsa-da bazi farqlar mavjud. Mulla Ali Qorining “ Zovul maoliy” sharhida ham, “ Tuxfatul aoliy”da ham, Xumaydining “Amoliy tarjimasi” asarida ham bir xil 68 ta bayt keltirilgan. Abu Bakr Ahmad Roziyning sharxida esa, 60 ta bayt keltirilgan. Asarning asosiy malumotlari 60 ta baytda bayon qilingan boʻlib, qolganlarida oʻquvchilarga nasixatlar va duolar oʻrin olgan. Ushbu asarni tahqiq qilgan bazi ulamolar uning baytlari yetmish uchta ekanini aytganlar. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti kutubxonasida saqlanayotgan noyob qoʻlyozma nusxa ham ushbu asarning baytlari aslida yetmish uchta boʻlganini tasdiqlaydi. Ushbu qoʻlyozma nusxada “Badul amoliy” asarining yuqorida zikr qilingan asarlarda yoʻq boʻlgan  oltita matn keltirilgan quyidagi satrlar;

 1  اله مالك مولى الموالي           له وصف التكبر والتعالي

2  اله لا ينازعه شريك             و يخلق ما يشاء بلا مثال

3  جليل جل عن شبه ومثل       عزيز عز عن عم و خال

4 و ايقن ان كل الخلق فان        و يبقى وجه ربك ذو الجلال

وبعد الحمد و التوحيد صل      على نور مبين ذي جمال 5 

و اصحاب كرام مهتدين         و اتباع تقي قال ال 6

Ushbu misralarni kitobda keltrilgan matnning avvaliga qoʻyiladi. Oʻsha qoʻshilgan matnilarda yaʼni oltmish yettiga ushbu olti misrani qoʻshilsa jami yetmish uch misra boʻladi.

“Badul amoliy” ning ahli ilmlarni doimo oʻziga jalb qilib kelgan ajoyib asar ekani unga yozilgan sharhlarning koʻpligidan ham bilinib turadi. Sakkiz yuz yildan ortiq vaqt davomida matnlari yod olinib, maʼnolariga eʼtiqod qilib kelinayotgan ushbu asarga koʻplab sharhlar bitilgan. Turli asrlarda bitilgan sharhlarning baʼzilari quyidagilardir:

  1. Halil ibn Alo Najoriy Yamaniy: “Nafisur riyoz li iʼdamil amroz” (eʼtiqoddagi kasalliklarni ketkazish yoʻlidagi koʻrkam chamanzorlar)
  2. Izzuddin Muhammad ibn Abu Bakr ibn Jamoa: “Matlaul misal fi aqoidil islamiya va manbaul kamal fi masailil kalamiya fi sharhi qasidatil lomiya” (“lomlik qasida” sharhidagi Islom aqidasining namunaviy pillopoyasi va kalom masalalaridagi barkamollik manbasi). Mulla Ali Qori “Zovʼul maoliy” da ushbu kitobdan koʻp iqtiboz keltirgan.
  3. Mulla Ali Qori: “Zovʼul maoliy libadʼil amaliy” (“Badʼul amoliy”ning ulugʻvorlik yogʻdusi). Ushbu sharh “Badul amoliy” ning eng moʼtabar sharhlaridan biri boʻlib, muallifi uni “Fiqhul akbar” ning sharhini tamomlagandan soʻng alohida ehtimom bilan yozgan.
  4. Muhaqqiqlar guruhi: “Tuhfatul aoliy” (Ulugʻlar tuhfasi). Ushbu kitob baʼzi muhaqqiq olimlar tomonidan Mulla Ali Qorining “Zavʼul maoliy” asariga hoshiya qilib bitilgan. Hijriy 1164-yilda yozilgan.
  5. Husayn ibn Ibrohim ibn Hamza ibn Xolil: “Laoli fi sharhi badʼil amoli” (“Badʼul amoliy” sharhi haqida gaplar). Bulardan boshqa ham koʻplab sharhlar yozilgan.[2]
  6. Izzuddin Muhammad ibn Abu Bakr in Jamoa ashshofiiy.“Darajul maoliy sharhu badil amoli”. Ushu sharhga tahqiq hamda xoshiya yozgan olim Mujdiy Gʻasson Maʼruf. Chop etilgan nusxaga “Madinatul ilm” jomiasi raisi shayx Muhammad Sofvatulloh Hofiz Mujaddidiy al-Hanafiy muqaddima yozgan.
  7. Muhammad ibn Abu Bakr ar-Roziy “Alhidoya”
  8. Shamsuddin an-Niksariy. “Sharhu badil amaliy”
  9. Muhammad niysaburiy. “Uqudul laoliy*”
  10. Imom Tunisiy al-Hanafiy “Nashrul laoliy”
  11. Ibn Kotib al-Yankajriyya al-Yozijiyning “Nuril maoliy” kitobi. Bu juda foydali shar boʻlib uning kotta sharhi bor nomi “Zovʼul laoli” dir.
  12. Marʼashiyning “Sharhu badʼil amali” kitobi. Ushbu sharh ziyraklik hamda ilmga chorlaydi.[3]

Yurtimizda diniy sohadagi say’-harakatlar natijasida ushbu asar oʻzbek tiimizga ham tarjimava sharhlar qilngan. “Badʼul amoliy” matnining hozirgi kungacha oʻzbek tilida nashr qilingan tarjima va sharhlari quyidagi asarlardir:

  1. Shayx Abdulaziz Mansurning “Aqoid matnlari”kitobida “Badʼul amoliy” matni soʻzma-soʻz tarjima qilingan. Ushbu kitob 2006-yilda nashr qilingan.
  2. “Badʼul amoliy”matni Humaydiy ismli mudarris tomonidan tatar tiliga tarjima qilinib 1980-yilda “Amoliy tarjiasi” nomi bilan Qozon shahrida chop etilgan. Bu tarjima eski oʻzbek yozuvida bitilgan.
  3. Muhammad Zohid Qutqu ibn Ibrohim Bursaviyning “Ahli sunnat val jamoat aqoidi” kitobida “Badʼul amoliy” matni sharhlangan. Sharh Mulla Aliy Qorining “Zovul maoliy” kitobi asosida boʻlgan. Ushbu kitobni taniqli shoir Mirzo Kenjabek oʻzbek tiliga oʻgirib, 1999-yilda chop ettirgan. Mirzo Kenjabek“Badʼul amoliy” matnini oʻzbek tilida ham “L” harfi bilan tugallab ajoyib tarzda tarjima qilgan.
  4. Shayx Nazrullohxon eshon Gʻaribiy tomonlaridan“Badʼul amoliy” matnisheʼriy tarzda sharhlangan. Ushbu asar “Qasidai Amoliy sharhi va tavhid manzumasi” nomi bilan 2008-yilda chop etilgan.

Abdulqodi Abdur Rahim domla toonlaridan tasnif qilingan kitob “Eʼtiqod durdonalari” “Badʼul amoliy” sharhi. Ushbu kitob “Badʼul amoliy” asariga yozilgan sharhdir. Sharhlashda har bir moʼmin kishi bilishi kerak va zarur boʻlgan maʼlumotlarni batafsil yoritishga, ularni toʻldiruvchi maʼlumotlarni esa xulosasini bayon qilishga harakat qilingan. Ushbu kitobdagi baytlar “Badʼul amoliy” ning hijriy 1164-yilda yozilgan “Tuhfatul aoliy” asaridagi matn asos qilib olingan. Eʼtiqod masalalarini oʻz ichiga olgan boʻlganidan  “Eʼtiqod durdonalari ”   deb nom qoʻyilgan.  Qolaversa eʼtiqod masalalarining durdek musaffolarini jamlashga harakat qilinganiga  ham ishora qilingan. Yozishi  imkon qadar soddalashtirilgan shu bilan birgalikda olingan manbalar nomini ham zikr qilib ajoyib tarzda sharhlangan.

Xulosa qilib aytganda “Badul amoliy” nazmiy asari Moturudiylik taʼlimotida oʻta ishonchli va zarur manba boʻlib xizmat qilib kelgan, hozirgi kunda ham ushbu asarni oʻqib oʻrganish sof eʼtiqodni shakillantirish borasida bemisil darajaga ega.
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi oʻqituvchisi Aliakbar Abdullayev


Foydalanilgan adabiyotlar

[1]“Eʼtiqod durdonalari”  A. Abdurrahim. “Sharq”  T: 2016   45-bet

[2]“Eʼtiqod durdonalari”   A. Abdurrahim. “Sharq”  Toshkent: 2016   47- bet.

[3]“Darjul maoi sharhu badil amaliy  Izzuddin.ibn Jamoa ash-SHofiiy.” 15-16-betlar.

What you can read next

ИЧИМЛИК ИЧИШ ОДОБИ
ИЧИМЛИК ИЧИШ ОДОБИ (давоми)
Gʻuluvga ketgan xavorijlarning botil daʼvosi
Gʻuluvga ketgan xavorijlarning botil daʼvosi
КРЕМНИЙ ВОДИЙСИДАГИ ЎЗБЕК ЙИГИТИ
Кремний водийсидаги ўзбек йигити

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP