SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Mualliflik huquqiga doir hukmlar. Muallif ruxsatisiz iqtibos olish nojoizmi?
13.02.2023 / Bo‘limda Fiqh, Maqolalar

Mualliflik huquqiga doir hukmlar. Muallif ruxsatisiz iqtibos olish nojoizmi?

Mualliflik huquqiga doir hukmlar (1 – qism)

Bugungi kunda savdo va tijorat turlari oldingi asrlardagidan ancha farqli va koʻp. Avvallari huquqlar savdosi deyarli yoʻq hisoblangan boʻlsa, hozirda tijoratning katta qismini aynan huquqlar savdosi tashkil etadi. Bu savdoning turlari keng ommalashdi va uning koʻplab zamonaviy koʻrinishlari paydo boʻldi. Albatta, bu hodisa islom shariati ulamolari oldiga ulkan hajmdagi vazifalarni qoʻydi. Ular huquqlar savdosining bu turlarining sharʼiy hukmlarini tahlil qilib berishlari va islom ummatiga yakuniy yechimlarni taqdim qilishlari lozim edi. Zamonaning zabardast ulamolari bu vazifani yuksak darajada ado etishdi. Ana shunday huquqlar savdosiga mualliflik haqi va uning savdosi ham bevosita aloqador hisoblanadi.

Yigirmanchi asr oxiri va yigirma birinchi asrning koʻplab zamondosh olimlari, jumladan, Mustafo Zarqo, Doktor Muhammad Dariniy, Doktor Muhammad Said ibn Mulla Ramazon Butiy, Doktor Vahba Zuhayliy kabi olimlar taʼlif haqini eʼtiborga molik haq degan fikrni olgʻa surganlar. Taʼlif haqining evaziga beriladigan badal-toʻlovning halol ekanini taʼkidlaganlar. Ular mazkur fikrlarini Molikiy, Shofeʼiy, Hanbaliy mazhabiga mansub aksar faqihlarning «Manfaatlar ham mol deb hisoblanadi», degan fikrlariga asoslanib: “Bular ham maʼnaviy haqlardandir. Zero, inson zehnining mahsuli ham uning manfaatlaridan biridir. Shunday ekan, u ham sharʼan mol hisoblanadi va uning oʻrniga evaz olish joiz boʻladi”, deydilar.

Muallif ruxsatisiz iqtibos olish nojoizmi?

Hozirda chop etilayotgan baʼzi kitoblarning soʻnggi sahifasiga “Muallif ruxsatisiz nusxa koʻchirishning barcha turlari, iqtibos olish va sotish sharʼan harom, qonunan man qilinadi”, degan satrlar yozilgan va yozilmoqda. Bu jumladagi “Muallif ruxsatisiz nusxa koʻchirish va sotish” degan qismining maʼnosi shuki, biror kishi muallif ruxsatisiz, oʻzboshimchalik bilan nusxa olib, shu nusxasini tunu kun ne-ne mashaqqatlar bilan mehnat qilgan hamda barcha moddiy toʻlovlarni ham oʻz shaxsiy mablagʻidan sarflab kitob chop ettirgan mualliflarning kitoblariga qoʻygan narxlarini soxta arzonlashtirib yuborishi sharʼan harom, qonunan man etiladi, degan maʼnoda ekani maʼlum. “Iqtibos olish” degan qismini baʼzi kishilar notoʻgʻri tushunib, “Iqtibos olish uchun ham ruxsat soʻrash kerakmi?” degan savollar berishadi. Bu jumlani biroz sharhlash kerak: Iqtibos oluvchi shaxs iqtibos keltirgan qismini qaysi muallifning, qaysi kitobining qaeridan olganini aniq koʻrsatmay, iqtibos olingan satr yo sahifani oʻzlashtirib olishi, asl muallifning nomi va kitobini qasdan tushirib qoldirishi sharʼan harom, qonunan man etiladi, deganidir. Kitoblariga yuqoridagi jumlalar yozilgan zamondosh ustoz mualliflarning oʻzlaridan soʻralganda ham olingan iqtibosning asl manbasi koʻrsatilsa joiz, asl manbasini aniq koʻrsatmay, oʻzlashtirib olish nojoizligini taʼkidlaganlar. Zero, Islom ummatining barcha buyuk olimlari qadimda ham, hozirda ham asl manbasini koʻrsatib iqtibos olishgan. Buni hech kim taʼqiqlamagan. Chunki har qanday iqtibos uchun muallifdan shaxsan ruxsat olish mushkuldir. Bunday qilish kitob taʼlif qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad – odamlarga ilm olishga yengillik yaratishga zid ish boʻlib qoladi. Mashaqqat va qiyinchilik tugʻdirish boʻladi. Barcha diniy kitoblarda keyingi asr olimlari avvalgi asr olimlarining ismlari hamda kitoblarining nomini aytgan holda ulardan koʻp narsalarni naql qilib, koʻchirib, iqtibos shaklida oʻz kitoblariga kiritadilar. Hech birlari avvalgi mualliflardan ruxsat olmaganlar. Ularni koʻrmaganliklari ham aniq. Chunki oradan bir necha yuz yillar oʻtgan.

Keltirilgan iqtibosning asl manbasini yozmaslik xiyonatmi?

Yigirmanchi asrning buyuk muhaddis hamda faqih olimi Abdul Fattoh Abu Gʻudda “Qiymatuz zamani indal-ulama” nomli kitobida quyidagicha satrlarni keltirgan: “Olimlar: “Ilmiy jumla va soʻzlarni oʻz aytuvchisi yoki naql qiluvchisiga nisbat berish – omonatdir”, deganlar.

Imom Shofeʼiy rohimahulloh esa: “Haqiqiy hur-mard kishi – bir lahzalik muhabbatning ham rioyasi-ehtiromini qilib, oʻziga birgina lafz-soʻz boʻlsa-da foyda yetkazgan kishiga oʻsha soʻzni nisbat berib: “Menga bu soʻzni falonchi olim aytganlar” deb, aytuvchisini aniq shaklda gapirgan kishidir”, degan.

Allomaning bu satrlaridan yuqoridagi savolning javobi maʼlum boʻlmoqda. Demak, keltirilgan iqtibosni asl manbasiga nisbat bermaslik aldov va xiyonat ekan.

Mualliflik huquqi degani, bu yakka hukmronlik, nimani xohlasa shuni qiladi, qancha narx xohlasa shunchaga sotadi degani ham emas. Zero, muallifning qalbiga bu omonatni solgan Zot uni savdogarning daromadini oshirish uchun emas, balki, bandalarining maʼrifati ziyoda boʻlsin uchun solgan. Bu huquqni suisteʼmol qilib, baʼzi muallif ham, kitobxon ham emas, lekin Xudo buyuk muallifga voris boʻlish neʼmatini nasib qilganiga qaramay, ishi kitob savdosi boʻlib qolgan kishilarning soxta narx oshirish uchun bu huquqni dastak qilib olishlari ham insof mezoniga aslo toʻgʻri kelmaydi.
Davomi bor…
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi mudarrisi Ahmedov Oxunjon

What you can read next

Намозлардан сўнг зикр-тасбеҳлар қачон айтилади?
Намозлардан сўнг зикр-тасбеҳлар қачон айтилади?
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида китоблар тақдимоти
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида китоблар тақдимоти
Roʻzadorlar qanday taomlanishi zarur?
Roʻzadorlar qanday taomlanishi zarur?

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP