SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Roʻzaga tegishli muhim savol-javoblar (1-qism)
11.03.2024 / Bo‘limda Fiqh

Roʻzaga tegishli muhim savol-javoblar (1-qism)

1. Savol: Roʻzaning ruknlari nimalardan iborat?

Javob: Niyat va bomdod namozining kirish vaqtidan to quyosh botgunga qadar roʻzani buzadigan narsalardan tiyilishdan iborat.

2. Savol: Roʻzaning niyat qilish hukmi, uning oʻrni va vaqti qachon?

Javob: Ibodatlarda niyat rukn hisoblanib, u boʻlmasa, ibodat ado topmay qoladi. Uning oʻrni aslida qalb boʻlib, niyatni til bilan aytish mustahabdir. Niyatning vaqti quyosh botgandan to bomdod vaqti kirgunchadir. Ammo bir kishi baʼzi sabablarga koʻra Ramozon oyida mazkur vaqtda niyat qila olmasa, choshgohgacha niyat qilsa boʻladi.

3. Savol: Ramazon roʻzasida har bir kuni uchun alohida niyat qilish kerakmi yoki butun oydan bitta niyat oʻtadimi?

Javob: Ramazon kunlarini alohida niyat qilish vojib boʻlib, ularning har bir kuni mustaqil ibodat hisoblanadi.

4. Savol: Niyat qilgandan soʻng kechasi yesa yoki biror ichimlik ichadigan boʻlsa, bu holatning hukmi qanday boʻladi, yangidan niyat qilish kerakmi?

Javob: Kechasi niyat qilgandan soʻng yeb-ichishning zarari yoʻq, bunday holda niyatni yangilash ham shart emas.

5. Savol: Toʻqqiz yoshga toʻlgan bolaga roʻza vojib boʻladimi?

Javob: Yosh bolalar balogʻatga yetgunga qadar roʻza vojib emas. Ularning balogʻatga yetishi ehtilom boʻlish va qizlarda hayz koʻrish bilan bilinadi. Mazkur holatlar kuzatilmasa, bola qamariy hisobda oʻn besh yoshga toʻlishi bilan balogʻatga yetgan hisoblanadi. Valiy (yaʼni ota, u boʻlmasa bobo va boshqa erkak qarindoshlar) yetti yoshga toʻlgan bolalarni roʻzaga buyurishi vojibdir.

6. Savol: Yosh bolalar roʻzaga qachon buyuriladi?

Javob: Roʻza ham namozga qiyosan yetti yoshda buyuriladi va qiziqtiriladi, ammo majburlanmaydi.

7. Savol: Aqlini tanigan yosh bola Ramazon roʻzasini bomdod vaqti kirmasdan niyat qilishi vojibmi?

Javob: Ramazon oyida yosh bolaga bomdod vaqti kirmasdan niyat qilishi lozim boʻladi, chunki unga Ramazon roʻzasi vojib emas.

Iordaniya bosh fatvo boshqarmasi manbalari asosida Mirzayev Kamoliddin

(davomi bor)

What you can read next

Ҳажнинг ҳукми
Ҳажнинг ҳукми
Нафл намози: шуруқ ва зуҳо намозлари
Нафл намози: шуруқ ва зуҳо намозлари
Mualliflik huquqiga doir hukmlar. Muallif ruxsatisiz iqtibos olish nojoizmi?
Mualliflik huquqiga doir hukmlar. Mualliflik huquqi ilm va ibodatga pul olish emasmi?

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP