Har oʻquv yilida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi idorasi tasarrufidagi oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalari bitiruvchi bosqich talabalari oʻrtasida “Yagona olimpiada” tanlovini oʻtkazish anʼanaga aylangan. Tanlov, bilim yurti va Respublika bosqichlaridan iborat ikki bosqichda oʻtkaziladi. Joriy yilning 7-fevral kuni “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida bitiruvchi talabalar oʻrtasida “Yagona olimpiada”ning birinchi bosqichi oʻtkazildi. Talabalar arab tili, fiqh-aqoid va tarix fanlaridan bellashishdi.



Musobaqa natijalariga koʻra 77 bal toʻplagan Abdujaliliy Komiljon 1-oʻrin, 71.3 bal toʻplagan Qodiraliyev Abduqodir 2-oʻrin, Abdulazizov Azizbek 69 bal toʻplab uchinchi oʻrinni egallashda. Musobaqa gʻolibi qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi va tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
N.Jalolov
«Koʻkaldosh» OʻMIBY oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari






