Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
31-hadis
Ehsonning bir amakisi bor edi. U mol-mulkini na oʻzi yer na boshqalarga yedirar edi. Shuning uchun ham u hech kimga yoqmas edi. Bu baxtsiz odam kishining mol-mulki oʻziga yaqin joyda boʻlishi kerak deb barcha mol-mulkini oltinga aylantirdi.
Soʻng oltinlarni ham olib bogʻning bir burchagiga koʻmib qoʻydi. Bu xasis kishi deyarli har kuni oltinlarni olib sanab yana joyiga koʻmib qoʻyar edi. Bir kuni u bogʻga kirib oltinlarini koʻmgan joyidan topa olmadi. Butun bogʻni ostin-ustun qildi hamki ular yoʻq edi.
Aqldan ozganicha xonasiga qaytib kelib toʻshakka yotib qoldi. Vaziyatni bilgan Ehson amakisiga shunday dedi: “Bekorga yigʻlamang, amaki. U oltinlar baribir sizniki emas edi. Agar sizniki boʻlganida uni koʻmib qoʻymasdan foydalangan boʻlar edingiz. Paygʻambarimiz sollalohu alayhi va sallam Alloh taolodan baxillikdan yiroq qilishini soʻraganlar va baxil insonlar haqida shunday deganlar:
البخيل بعيد من الله و بعيد من الجنة و بعيد من الناس
“Baxil kishi Allohdan, jannatdan va odamlardan uzoqdir ” (Termiziy, Birr 40).
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi






