Amr qildimki, agar o‘g‘illarimdan qaysi birovi saltanat martabasiga da’vogarlik qilib bosh ko‘tarar ekan, uni o‘ldirishga, qo‘llarini bog‘lashga yoki muchasidan biron joyini kamaytirishga hech kim jur’at qilmasin. Lekin o‘z da’vosidan kechmaguncha, uni asirlikda saqlasinlar, toki Xudoning mulkida urush chiqmasin. Agarda nabiralar yoki qavm-qarindoshlardan biri menga qarshi ko‘tarilsa, uni darvishlik holatiga solsinlar. Saltanatim qo‘rg‘onlari bo‘lmish amirlar, agar ish ustida nifoqqa borsalar, ularni martabasidan tushirsinlar va yerlari tortib olinsin. Agar davlatga ziyon yetkazgudek ish qilsalar, ular boshqa amirlarga tobe’ etilsinlar. Agar sipohiylik ishlarida yalqovlik qilgan bo‘lsalar, ularga yozish-chizish bilan shug‘ullanuvchilar orasidan ish berilsin. Agar shundan keyin ham xatolikka yo‘l qo‘yib, kaltabinlik qilsalar, ikkinchi bor xizmatga olmasinlar.
Amir Temur
Temur tuzuklaridan
Qayumov Muhammad 1-“V” guruh talabsi