Bugun, 8-may kuni “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga Toshkent viloyatidagi “Hasanboy ota” jome masjidi faxriy imomi Yahyo qori Turdiyev tashrif buyurdilar. Ustoz Yahyo qori Turdiyevni taʼlim muassasasi mudiri Abdulhakim qori Matqulov kutib oldi.

Qurʼon hofizlarining ustozi Yahyo qori Turdiyev Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari boʻyicha Qoʻmita tizimida, madrasada xizmat qilib oʻtgan barcha mutavaffolar hamda hozirda Aziz Vatanimiz va muqaddas dinimiz ravnaqi uchun xizmat qilayotgan barcha mutasaddilarning haqqiga duo qildilar.



Taʼlim muassasasi mudiri Abdulhakim qori Matqulov ustoz Yahyo qori Turdiyevga “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan esdalik sovgʻalar topshirdilar.
«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi Matbuot xizmati






