SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Oliy himmatning xususiyatlari.
07.06.2023 / Bo‘limda Axloq va tarbiya, Maqolalar

Himmati oliy kishi azmu qarorini susaytirmaydi.

Himmati oliy kishi azmu qarorini susaytirmaydi.

Alloh taolo aytadi: «Agar azmu qaror qilsang, Allohga tavakkal qilgin”. (Oli Imron surasi, 159-oyat).

Alloh taolo solih bandalarini maqtab aytadi: ”Ular Allohning ahdiga vafo qiladigan va miysoqni buzmaydiganlardir”. (Raʼd surasi, 20-oyat).

Alloh taolo aytadi: “Moʼminlardan Allohga bergan vaʼdalariga sodiq qolgan kishilar bordir. Bas, ulardan baʼzilari ajalini topdi. Baʼzilari esa intizor boʻlib turibdi. Ular biror narsani almashtirmadilar”. (Ahzob surasi, 23-oyat).

Uhud jangiga chiqishdan oldin yosh musulmonlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga mushriklar bilan Madina tashqarisiga chiqib jang qilishni maslahat berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning fikriga rozi boʻldilar. Jamoat namozini oʻqib, uylariga kirib harbiy kiyimda qurollarini taqib chiqdilar. Jangga chiqishga ruxsat berildi. Shunda koʻpni koʻrgan yoshi ulugʻlar yoshlarning gapi bilan Paygʻambar alayhissalom oʻzi xohlamagan narsani qilayotganini sezdilar va pushaymon boʻlishdi. Va: “Biz sizga qarshi chiqmoqchi emasmiz, Madina tashqarisida jang qilishga ham majburlamoqchi emasmiz. Sizga qaysi maʼqul boʻlsa oʻshani qiling, biz ham siz bilan boʻlamiz”-deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam himmatini pasaytirmasdan, jangga chiqishda qattiq turib: “Paygʻambarlar jang kiyimini kiyib qurolini taqsa, to Alloh taolo ular bilan dushmanning orasida hukm qilmaguncha qurolini qoʻyishi mumkin emas”- dedilar. (Hadis).

Paygʻambar alayhissalom umrlarining oxirida yosh yigit boʻlgan Usoma ibn Zaydni qoʻmondon qilib qoʻshinni jangga yuborishga buyurdi. Ammo u zot vafot etib, qoʻshin hali chiqmagan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotidan soʻng ansorlar Umarni Abu Bakr (roziyallohu anhumo) ning huzuriga yuborib qoʻshinni toʻxtatishni yoki unga Usomadan koʻra yoshi ulugʻroq biror kishini qoʻmondon qilib tayinlashini iltimos qilishdi. Shunda Abu Bakr (roziyallohu anhu): “Allohga qasamki, yirtqichlar kelib oyogʻimni chaynab tursa ham bu qoʻshinni toʻxtatmayman, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bogʻlab bergan bayroqni yechmayman” -dedilar. Umar (roziyallohu anhu): “Ansorlar hech boʻlmasa Usomadan koʻra yoshi ulugʻroq biror kishini qoʻmondon qilib tayinlashni iltimos qilishdi”-dedi. Shunda Abu Bakr (roziyallohu anhu) oʻtirgan joylaridan sakrab turib Umarning soqolidan ushlab: “Bu kuningdan oʻlganing yaxshiku, Umar! Paygʻambar alayhissalom qoʻmondon qilib tayinlagan kishini men olib tashlashimni iltimos qilyapsanmi?” –dedi.

Umar tashqariga chiqqanida ansorlar kelib “Nima boʻldi” deb soʻradilar. Umar (roziyallohu anhu): ”Bu kunlaringdan oʻlganlaring yaxshi, boringlar ketinglar, Rasulullohning xalifasidan eshitganlarim menga yetadi!” -dedi.

Paygʻambarimiz alayhissalomning vafotlaridan soʻng bir jamoa musulmonlar dinning baʼzi ruknlarini ado qilmay murtad boʻldi. Abu Bakr (roziyallohu anhu) ularga qarshi urush eʼlon qildi. Umar ibn Xattob Abu Bakrning (roziyallohu anhumo) huzuriga kelib: “Odamlarga rahm qilib, yumshogʻroq muomalada boʻlsangiz?” -dedi. Abu Bakr Umarga (roziyallohu anhumo): “Gʻalabangni kutgan edim, sen esa hozirdan noumid boʻlib turibsan! Johiliyatda qattiqqoʻl eding, islomga kirib koʻngling yumshab qoldimi? Din mukammal boʻldi, vahiy toʻxtadi. Men tirik boʻla turib, din noqislikka qarab ketadimi?!”-dedi.

Umar (roziyallohu anhu) aytadi: “Alloh taolo Abu Bakr (roziyallohu anhu)ning qalbiga ularga qarshi urushni solgan, deb oʻyladim. Bildimki, u haq ekan”.

Mana shu – yaʼni himmatli insonning qasdida mahkam turishi – keyinchalik boshqa musulmonlarda ham oʻz kuchini koʻrsatdi. Umar (roziyallohu anhu) Shomga borganida shaharga kirishidan oldin u yerga vabo tarqalgani haqida xabar qilishdi. Umar sahobalar bilan maslahat qilganida ular kirish yoki kirmaslik haqida ixtilof qilishdi. Bir toifa muhojirlar: “Bir muhim ish uchun safarga chiqib keldingiz, bundan qaytmang, deb oʻylaymiz”-deyishdi.

Jaʼfar Xuldiy Bagʻdodiy aytadi: “Alloh uchun zimmamga biror narsani qasd qilsam, uni buzmadim”.

Solih ibn Ahmad ibn Hanbal aytadi:

Otam Makkaga borishni niyat qildi. Yahyo ibn Maʼin hamroh boʻldi. Otam: “Haj qilamiz, undan soʻng Sanʼoga shayx Abdurazzoqning huzuriga boramiz”-dedi. Yoʻlga chiqdik, Makkaga bordik. Shayx Abdurazzoq ham hajda ekan. Tavofda koʻrdik. Yahyo uni tanirkan. Tavof qildik va undan soʻng u kishi bilan uchrashdik. Yahyo u kishiga salom berib: “Bu birodaringiz Ahmad ibn Hanbal”-deb tanishtirdi. Shayx Abdurazzoq: “Alloh umrini uzoq qilsin, biz bu kishi haqida bizni xursand qiladigan gaplar eshitgan edik, Alloh uni sobit qilsin”-dedilar. Shayx qaytmoqchi boʻlganida Yahyo otamga: ”Vaqtlarini soʻraylik keyinchalik borarmiz?”-dedi. Otam unamadi va: “Nega uni huzuriga borish niyatimni oʻzgartirar ekanman?”-dedi va Yamanga safar qilib u shayxdan darslar tingladi va u kishidan koʻp hadislar rivoyat qildi.

Hofiz Abu Isʼhoq Habbol aytadi: “Bir kuni men Abu Nasr Sijziyning huzurida edim, eshik taqilladi, turib ochdim. Bir ayol kirdi va bitta xaltacha chiqarib ming dinor shayxning oldiga qoʻydi va xohlaganingizday ishlatavering dedi. Shayx: “Maqsading nima?”-deb soʻradi. Ayol: “Meni nikohingizga olsangiz, faqat xizmatingizni qilsam boʻldi!”-dedi. Shayx u ayolga xaltasini olib bu yerdan chiqib ketishini buyurdi.

Ayol chiqib ketganidan soʻng dedilar: “Men Sijistondan ilm talab qilish niyatida chiqqanman. Qachonki uylansam bu niyat buziladi. Ilm talab qilishning savobini hech narsaga almashmayman”-dedi.

Asadullo XOLMURODOV
«Koʻkaldosh» OʻMIBYu mudarrisi

What you can read next

Вақт қиличдир...
Вақт қиличдир…
“…Албатта Мен яқиндирман” (Бақара сурасининг 186-ояти тафсири) (Бешинчи қисм)
“…Албатта Мен яқиндирман” (Бақара сурасининг 186-ояти тафсири) (Бешинчи қисм)
Абу Сулаймон Довуд ибн Насир Ат-Тоий (қ.с)
Абу Сулаймон Довуд ибн Насир Ат-Тоий (қ.с)

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP