6-aprel kuni «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti «Nazarbek» talabalar turar joyida XATMI QURʼON kechasi boʻlib oʻtdi.
Xatmonada bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov, mudarris va talabalar ishtirok etishdi. Xatmona so’nggida xayrli duolar qilish bilan birga muborak oy davomida o’tkazilgan bir necha tadbir va musobaqalar yakunlariga ko’ra g’oliblar taqdirlandi.
Jumladan, muborak Ramazon oyida o‘zining chiroyli ovozi bilan bir oy davomida Qur’oni karimni xatm qilib bergan 1-kurs talabasi Muhammadfotih qori Murodullayevning ota-onasi shunday farzandni voyaga yetkazib, tarbiyalagani uchun bilim yurti tomonidan tashakkurnoma hamda qoriga UMRA SAFARI YOʻLLANMASI va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi;
Bundan tashqari Ramazon oyi munosabati bilan o’tkazilgan Qur’oni karimni ko’p xatm qilish bo’yicha musobaqa g’oliblari ham taqdirlandi.
Unga ko’ra, 28 kun davomida Kalomi sharifni 12 marta xatm qilgan Qambaraliyev Kozim uchinchi, 14 ta xatm bilan Begmonov Islom ikkinchi hamda 17 ta xatm bilan Rajabov Shuhrat birinchi o’rinni egallashdi va munosib sovg’alar bilan taqdirlanishdi;
Saudiya Arabistoni tomonidan tashkil qilingan «Sufaro» onlayn Qur’on musobaqasining 23-kungi sonida muvaffaqqiyatli ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 3-kurs talabasi Ismoilov Muhammadaminga maqtov yorligʻi va esdalik sovgʻalari berildi;
Muborak oy davomida saharlik va iftorlik dasturxonlarini tashkil qilishda jonkuyarlik bilan xizmat qilgan 3-kurs talabasi Karimov Zikrullohga va 3-kurs talabasi Rahmatullayev Ulug‘bekning ota-onalariga shunday farzandni voyaga yetkazib, tarbiyalagani uchun bilim yurti tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi;
Shuningdek, Ramazon oyida saharlik va iftorlik dasturxonlarini tashkil qilishda erta-yu kech, tinim bilmasdan xizmat qilgani hamda Xatmi Qur’on ibodatini tashkil qilishda jonbozlik ko’rsatgani uchun Sunnatov Azizjon va Homidov Jamshid domlaga tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Sovg’alarni bilim yurti mudiri Abdulhakim qori Matqulov va bilim yurti mudarrisi Ahror domla Abdullayevlar topshirishdi.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY matbuot xizmati